Tartib özgardi. Özbekistonda armiyaga çaqiriluvçilar qanday tanlab olinadi?
7-07-2025, 18:15
1 447 марта
Tartib özgardi. Özbekistonda armiyaga çaqiriluvçilar qanday tanlab olinadi? Özbekistonda çaqiriluvçilarni tanlab oliş tartibi belgilandi, deb xabar bermoqda, Adliya vazirligi.
Unga köra, hukumat qarori bilan “Çaqiriluvçilarni tanlab oliş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom çaqiriluvçilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari böyiça tayyorgarlikka jalb etiş, Özbekiston Qurolli Kuçlari safidagi muddatli harbiy xizmatni ötaş uçun tanlab oliş tartibini belgilaydi.
Çaqiruvçilar tanlovda 1 yilda faqat 1 marta iştirok etişi mumkin. Tanlov çaqiruv yilidan avvalgi yilning 10 avgustidan çaqiruv yilining 10 fevraliga qadar ötkaziladi.
Çaqiriluvçi bilan suhbat ötkaziş orqali uning quyidagi malumotlariga aniqlik kiritiladi:
harbiy xizmatga bölgan qiziqişi va iştiyoqi;
huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan boğliq holatlar;
soğliğining holati;
bilim darajasi;
oilaviy şaroiti va boşqalar.
Çaqiriluvçilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qiliş orqali baholanadi:
turnikda tortiliş;
100 metrga yuguriş;
3000 metrga yuguriş.
Tanlov yakunlari böyiça çaqiriluvçini tavsiya etiş yoki tavsiya etmaslik böyiça tegişli xulosa qabul qilinadi