Imron Xon şifoxonadan yana qamoqxonaga qaytarildi
Pokistonning sobiq boş vaziri Imron Xon Islomoboddagi Şifa International Hospital şifoxonasida bir neça soat tibbiy körikdan ötgaç, yana Adiala qamoqxonasiga qaytarildi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, 73 yoşli siyosatçi Oliy sud qaroriga muvofiq keça, 20 avgust kuni keçasi qamoqxonadan şifoxonaga olib borilgan. U yerda tibbiy tekşiruvdan ötkazilganidan söng bugun, 21 avgust kuni yana qamoqxonaga qaytarilgan.
Imron Xonning partiyasi – Pokiston Tehrik-e-Insaf vakili sobiq boş vazirning Ravalpindidagi Adiala qamoqxonasiga olib ketilganini tasdiqlagan.
Xonning advokatlari uning soğliği qamoqda yomonlaşgani va öng közidagi köriş qobiliyati sezilarli darajada pasayganini bildirmoqda. Hukumat esa tibbiy xulosalarda zudlik bilan davolanişni talab qiladigan holat aniqlanmaganini takidlagan.
Malumot uçun, Imron Xon 2018 yildan 2022 yilgaça Pokiston boş vaziri lavozimini egallagan. Unga nisbatan bir neçta jinoyat işi qözğatilgan. 2023 yildan beri sobiq boş vazir Toşaxona davlat xazinasida saqlanayotgan qimmatbaho buyumlarni sotganlik ayblovi bilan 14 yillik qamoq jazosini ötamoqda.
Eslatib ötamiz, Pokiston Oliy sudi şu hafta Imron Xonni 48 soat içida Islomoboddagi Şifa International Hospital şifoxonasiga ötkaziş hamda uning şaxsiy şifokori ham qatnaşadigan tibbiy komissiya körigidan ötkazişni buyurgan edi.