Boş vazir 2 kun tibbiy muolaja oladi
Malayziya Boş vaziri Anvar Ibrohim tibbiy tekşiruv va muolajalardan ötmoqda, u ikki kun davomida şifokorlar nazoratida bölişi kutilmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Tunku Naşrul Abaydah malum qildi.
“Anvar tibbiy ekspertlar jamoasi belgilagan tekşiruvlar va muolajalardan ötmoqda”, degan matbuot kotibi.
Şuningdek, u Boş vazirning holati yoki ötkazilayotgan muolajalar tafsilotlarini oçiqlamagan.
Anvarning matbuot kotibi u tez orada odatiy vazifalariga qaytişi uçun uning soğligi mustahkam bölişini tilab, jamoatçilikdan duo qilişni söragan.
Malumot uçun, Anvar Ibrohim 10 avgust kuni 79 yoşga töldi. U 2022 yildan buyon Malayziya hukumatiga rahbarlik qilib kelmoqda.
Boş vazir avval ham yelka va bel sohasidagi oğriqlar bilan boğliq muammolarni boşdan keçirgan. 2018 yilda u yelka va bel oğriği sabab şifoxonaga yotqizilgan. Ötgan yil noyabr oyida esa bel oğriği tufayli Paxang ştatiga rejalaştirilgan safari bekor qilingan.
Şu yil yanvar oyida Anvar muntazam tibbiy körikdan ötgan va şifoxona malumotiga köra, uning soğliği qoniqarli deb topilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning sobiq prezidenti Jo Baydenning prostata saratoni tanasining boşqa qismlariga, jumladan suyaklariga ham tarqalgani xabar qilingandi.