USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bangladeş Prezidenti soğliği sabab istefoga çiqdi

73 марта
Бангладеш Президенти соғлиғи сабаб истеъфога чиқди

Bangladeş Prezidenti Muhammad Şahobuddin soğliği bilan boğliq jiddiy muammolarni sabab qilib, lavozimidan istefoga çiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

76 yoşli Muhammad Şahobuddin 2023 yil aprelidan buyon asosan ramziy vakolatlarga ega Prezident lavozimida işlab kelayotgan edi. Uning prezidentlik davrida – 2024 yilda talabalar boşçiligidagi qözğolon ortidan Boş vazir Şayx Hasina Hindistonga qoçib ketganidan keyingi beqaror siyosiy vaziyat ham kuzatildi.

“Yaqinda ötkazilgan tibbiy tekşiruvlar menda avtonom neyropatiya deb ataluvçi kasallik borligini aniqladi. Uşbu kasallik tufayli bazan qisqa muddatga huşimni yöqotaman”, degan Muhammad Şahobuddin öz matbuot kotibi tarqatgan bayonotda.

Naşrning qayd etişiça, Muhammad Şahobuddinning istefosi Şayx Hasinani kelasi beş oy içida rejalaştirilgan qaytişi oldidan yuqori davlat lavozimlaridagi ittifoqçilarisiz qoldiradi. Uning “Avami Ligasi” partiyasi taqiqlangan, 2024 yilda hukumatni ağdargan qonli talabalar qözğolonidan keyin partiyaning köplab rahbarlari va faollari qamoqqa olingan yoki yaşirinişga majbur bölgan.

Bayonotga köra, yangi prezident saylangunga qadar mamlakat parlamenti – Jatiya Sangsad spikeri prezident vazifasini bajaradi. Davlat rahbari sifatida prezident qurolli kuçlarning oliy boş qömondoni hisoblanadi. Biroq 173 million aholiga ega, asosan musulmonlar yaşaydigan mamlakatda ijro hokimiyati Boş vazir va Vazirlar Mahkamasi qölida.

Eslatib ötamiz, 22 iyun kuni Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer istefoga çiqişini elon qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: