Şavkat Mirziyoyev BAA delegatsiyasini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklari Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, suhbat avvalida vazir davlat rahbariga BAA Prezidenti Şayx Muhammad Ol Nahayon, Boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Şayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Şayx Xolid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Özbekiston – BAA strategik şeriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani alohida qayd etilgan.
Tovar ayirboşlaş va investitsiyalar hajmi, qöşma korxonalar soni ortib bormoqda. Beşinçi Toşkent investitsiya forumi doirasida BAA kompaniyalari bilan qator yangi kelişuvlar imzolanişi kutilayotgani takidlangan.
“Yaşil” energetika, yoqilği işlab çiqariş, transport, logistika, suniy intellekt, raqamlaştiriş va boşqa yönalişlardagi yirik loyihalarni jadallaştirişga kelişib olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Oljas Bektenovni qabul qilgandi.