Şavkat Mirziyoyevga Lukaşenkoning salomi yetkazildi
Bugun, 16 iyun kuni V Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Boş vaziri Aleksandr Turçinni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Özbekiston – Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari bölajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik nuqtai nazaridan körib çiqilgan.
Joriy yilning may oyida Toşkent viloyatida bölib ötgan hukumatlararo komissiya yiğilişining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Tovar ayirboşlaş hajmi joriy yil boşidan buyon 32 foizga ortib, barqaror ösib bormoqda. Qişloq xöjaligi, maşinasozlik va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar va hududlararo aloqalarni faollaştiriş böyiça muvofiqlaştirilgan çoralar köriş muhim ekani takidlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun mamlakatga taşrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi Boş vaziri Ali Asadovni qabul qilgandi.