Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Boş vazirini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, suhbat avvalida Oljas Bektenov davlat rahbariga Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
Özbekiston – Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada çuqurlaştirişning dolzarb masalalari körib çiqilgan.
Barça darajalardagi faol muloqot mamnuniyat bilan qayd etilgan. Tovar ayirboşlaş hajmlari ösib, yaqinda qabul qilingan yangi “yöl xaritasi” asosida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş davom etmoqda.
Iyul oyida bölib ötadigan hukumatlararo komissiya yiğilişi hamda Aqtau şahrida ötkaziladigan hududlar rahbarlarining birinçi Kengaşiga puxta tayyorgarlik köriş muhimligi takidlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev V Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mişustinni qabul qilgan edi.