Şavkat Mirziyoyev Rossiya Boş vaziri bilan uçraşdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev V Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mişustinni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv avvalida Mixail Mişustin Özbekiston rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Özbekiston – Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqilgan.
Tovar ayirboşlaş barqaror ösib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Joriy yil boşidan buyon uning hajmi 20 foizga oşdi. Energetika, metallurgiya va iqtisodiyotning boşqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oşiriş davom etmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlaniş suratini saqlab qolişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni qabul qiliş hamda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida etibor qaratilgan.
Özbekiston yetakçisi hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş hamda madaniy va talim almaşinuvi dasturlarini ilgari suriş muhimligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Boş vaziri Aleksandr Turçinni qabul qilgandi. Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.