Şavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
21-04-2026, 09:08
94 марта

Şavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 20 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu kunlarda Toşkent şahrida ötayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat körgazmasida Rossiya delegatsiyasiga boşçilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining birinçi örinbosari Denis Manturovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Uçraşuvda Tatariston, Boşqirdiston Respublikalari, Leningrad, Kirov, Irkutsk va Omsk viloyatlari, şuningdek, Rossiyaning bir qator yetakçi kompaniyalari rahbarlari ham iştirok etgan.

Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon Özbekiston yetakçisiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Özbekiston Prezidenti 35 mamlakatdan 10 mingdan ziyod biznes vakillari iştirokida oltinçi “INNOPROM” körgazmasi muvaffaqiyatli taşkil etilgani va ötkazilayotganini olqişlagan.
Oliy darajada, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqilgan.
Savdo hajmi barqaror ösib borayotgani, sanoat, tinç atom, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boşqa tarmoqlardagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Tovar ayirboşlaş suratini saqlab qoliş va ustuvor tarmoqlarda, şu jumladan, sanoat zonalari doirasida kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş böyiça özaro muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş, hududlar va tadbirkorlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettiriş muhimligi takidlangan.

Qişloq xöjaligi maşinasozligi, energiya samaradorligi, suv xöjaligi, kiberxavfsizlik va suniy intellekt kabi istiqbolli yönalişlardagi rejalar qöllab-quvvatlangan.
Texnika yönalişidagi qöşma oliygohlar negizida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uçun muhandis kadrlar tayyorlaşga alohida etibor qaratilgan.

Şuningdek, uçraşuvda Rossiya hududlari va kompaniyalari rahbarlari Özbekiston yetakçisiga turli tarmoqlarda yangi loyihalarni amalga oşiriş böyiça aniq rejalarini taqdimot qilgan.