Malayziya “Tolibon”ni tan olişi mumkin
28-03-2026, 20:08
49 марта

Malayziya “Tolibon”ni tan olişi mumkin
Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim Islom hamkorlik taşkiloti bilan hamkorlikda “Tolibon” muvaqqat hukumatini tan oliş masalasini körib çiqayotganini malum qildi. Bu haqda “Afghanistan International” xabar qildi.Uning aytişiça, har qanday qaror adolat, inklyuzivlik, ayollar va ozçiliklar huquqlariga hurmat hamda talimga erkin kiriş kafolatlari asosida qabul qilinadi.
Bu Ibrohimning “Tolibon” hukumatini tan oliş masalasini oçiqçasiga ilk bor tilga olişi hisoblanadi. Hozirça esa heç bir islomiy davlat Afğonistonni rasmiy ravişda tan olmagan.
Ibrohim 26 mart kuni “Tolibon” boş vaziri Muhammad Hasan Ohund bilan mintaqadagi hozirgi vaziyat, xususan Tolibon va Pokiston örtasidagi keskinlik haqida suhbatlaşgan.
Şuningdek, Malayziya boş vaziri X sahifasidagi postida tomonlar keskinlikni kamaytiriş yöllarini muhokama qilganini aytdi va vaziyat yumşaşiga umid bildirib, Turkiya, Qatar va Saudiya Arabistonining Tolibon va Pokiston örtasidagi keskinlikni kamaytirişga qaratilgan vositaçilik say-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Qolaversa, u Malayziya Afğonistonga gumanitar yordam körsatişni davom ettirişini ham takidlagan.
Köplab islom mamlakatlari “Tolibon”ning islomni qatiy talqin qilişiga, ayniqsa ayollarning talim olişi va işlaşiga qöyilgan çeklovlarga qarşi çiqmoqda.
Ötgan yili Islom dunyosining turli mamlakatlaridan ulamolar Islomobodda ötkazilgan yiğilişda qizlarning talim olişini taqiqlaş, islom qonunçiligida asosga ega emasligini bildirgan edi.
Qayd etiş joiz, “Tolibon”ni tan olgan yagona davlat sifatida Rossiya tilga olinmoqda.