Pokiston “Tolibon”ga tahdid qildi
30-10-2025, 09:18
90 марта

Pokiston “Tolibon”ga tahdid qildi
Pokiston rasmiylari Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatini yöq qiliş bilan tahdid qildi. Bu haqda “Afganistan International” xabar berdi.Malumotlarga köra, joriy yilning 29 oktyabr kuni Pokiston Axborot va radioeşittiriş vaziri Attaulloh Tarar Turkiyada bölib ötgan muzokaralarda vositaçilik qilgani uçun Qatar va Turkiyaga minnatdorlik bildirib, “Tolibon” bilan muzokaralari muvafaqqiyatsiz yakunlanganini aytgan.
Şundan söng Pokiston Mudofaa vaziri Xovaja Asif “Tolibon”ni butunlay yöq qiliş bilan tahdid qilib, uning Töra Bora ğorlariga qoçişining takrorlanişi mintaqa aholisi uçun ajoyib sahna bölişini takidlagan.
Attaulloh Tararning aytişiça, Pokiston “Tolibon” mamuriyatini Doha kelişuvi doirasida Pokiston va xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarni bajarişga undagan, ammo hamkorlikni taminlaşga qaratilgan say-harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uçragan. U “Tolibon”ni Pokistonga qarşi jangari guruhlarga yordam va boşpana berişda, şuningdek, “Tolibon” delegatsiyasini asosiy masalalar böyiça muhokamalardan qoçişda ayblagan.
“Biz xalqimizni terrorizm tahdididan himoya qiliş uçun barça çoralarni körişda davom etamiz. Terrorçilarni va ularga yordam beruvçilarni yöq qiliş uçun barça mavjud resurslardan foydalanamiz” deya qöşimça qilgan Tarar.