Afğoniston va Pokiston töqnaşuvida 50 dan ortiq askar halok böldi
13-10-2025, 13:38
271 марта

Afğoniston va Pokiston töqnaşuvida 50 dan ortiq askar halok böldi
Pokiston va Afğoniston örtasidagi çegarada jangovar töqnaşuvlar kuçayib, önlab odamlar halok böldi. Bu haqda ikki tomondagi manbalarga tayanib, “Tolo News” xabar berdi.Afğoniston nomidan sözlagan “Tolibon” harakati vakili Zabihullo Mujohidning malum qilişiça, 58 pokistonlik askar öldirilgan, şuningdek, 20 ta pokistonlik çegara posti vaqtinça egallab olingan. Mujohidning aytişiça, bu “javob zarbalari” bölgan, ammo janglarda 9 nafar afğon askari ham halok bölgan.
Pokiston tomoni bu raqamlarni tasdiqlamagan, biroq mahalliy OAV har ikki tomonda ham köplab qurbonlar borligini bildirgan. Pokiston harbiylari, öz navbatida, 19 ta afğon çegara posti ustidan nazorat örnatganini davo qilgan.
Töqnaşuvlar 10 oktyabr atrofida boşlangan. “Tolibon” Pokistonni Afğoniston hududiga havo hujumlari uyuştirganlikda ayblagan. 9 oktyabr kuni Qobul va janubi-şarqiy viloyatlarda portlaşlar bölib ötganidan söng, Afğoniston Pokistonni suverenitetini buzişda ayblagan. Islomobod esa bunday hujumlarni rad etgan.
Qayd etiş joiz, Pokiston rasmiylari sönggi yillarda öz hududida sodir bölgan köplab askarlar ölimida “Tolibon”ni ayblaydi.
11 oktyabr oqşomida Pokiston tomonining malum qilişiça, afğon kuçlari bir neça çegara nuqtalarida öt oçgan. Janglar Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Çitral şahri hamda Balujistondagi Baxramça atrofida keçgan.
Pokiston bu hujumlarga javoban oğir artilleriya, tanklar, dronlar va jangovar samolyotlardan foydalangan. Şu bilan birga, mamlakatning Hindiston bilan şarqiy çegarasida ham harbiy tayyorgarlik darajasi oşirilgani xabar qilingan. Islomobod Nyu-Dehli vaziyatga aralaşişidan xavotirda.
Malumot uçun, Pokiston va Afğoniston örtasidagi 2 400 km uzunlikdagi çegara 1893 yilda çizilgan bölib, hali ham bahsli hudud hisoblanadi. Vaziyat keskinlaşgani ortidan Qatar, Saudiya Arabistoni va Eron ikki tomonni tinçlikka va sabr-toqatga çaqirgan.