Ukraina Yevrokomissiya ajratgan 90 mlrd yevroni mudofaa tizimlariga sarflamoqçi
Ukraina Yevropa Komissiyasiga Yevropa Ittifoqining 90 milliard yevrolik kreditidan mudofaa tizimlarini, jumladan, raketalarga qarşi mudofaa vositalarini sotib oliş uçun foydalanişni taklif qildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Muzokaralardan xabardor Yevropa Komissiyasining vakiliga köra, hozirça qaysi tizimlar xarid qilinişi aniq emas. Gap AQŞning Patriot tizimlari yoki Frantsiya – Italiyaga tegişli SAMP/T NG zenit-raketa majmualari haqida ketmoqda.
Yangi xaridlar röyxatini joriy yilning sentyabrigaça şakllantiriş rejalaştirilgan. Undan raketalarga qarşi mudofaa tizimlaridan taşqari raketalar va dronlar ham örin oladi.
Yevropa Ittifoqining 90 milliard yevrolik kreditining 60 milliard yevrosi Ukrainaning mudofaa salohiyati va mudofaa sanoatini mustahkamlaşga, 30 milliard yevrosi esa byudjetni qöllab-quvvatlaşga möljallangan.
Ukraina Kredit mablağlari hisobidan qurol-yaroğlarni asosan Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududidagi işlab çiqaruvçilardan xarid qilişi közda tutilgan. Ayrim hollarda boşqa davlatlardan qurol sotib olişga ham ruxsat berilişi mumkin.
Malumot uçun, Patriot – AQŞda işlab çiqarilgan bölib, samolyotlar, qanotli va ballistik raketalarni urib tuşirişga möljallangan havo hujumidan va raketaga qarşi mudofaa tizimi hisoblanadi. SAMP/T NG esa Frantsiya va Italiya tomonidan işlab çiqarilgan bölib, samolyotlar, dronlar, qanotli va ballistik raketalardan himoyalanişga möljallangan Yevropaning yangi avlod havo va raketaga qarşi mudofaa tizimidir.
Eslatib ötamiz, avvalroq NATO Ukrainaga zudlik bilan zarur bölgan havo hujumidan mudofaa vositalarini yetkaziş ustida işlayotgani xabar qilingandi.