Peskov Paşinyanning KXŞT haqidagi gaplariga javob qaytardi
Agar Armaniston Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga (KXŞT) azolikka boşqa ehtiyoj sezmayotgan bölsa, u taşkilotni tark etiş töğrisida qaror qabul qiliş mumkin. Bu haqda bugun, 24 avgust kuni Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbatda malum qildi.
“Oçiğini aytganda, “çiqarib yuborişsa xursand bölardi” degan gap nimani anglatişini tuşunişga qiynalyapman. Agar Yerevan mintaqaviy xavfsizlikni taminlovçi bunday muhim taşkilotga azolikka boşqa ehtiyoj sezmayotgan bölsa, tegişli qaror qabul qiliş va uşbu taşkilotni tark etişda erkin. Şu vaqtgaça biz Armaniston tomoni vakillaridan turli darajada azolik muzlatilgani, ammo Armaniston taşkilotdan çiqişni rejalaştirmayotgani haqidagi bayonotlarni eşitib kelayotgan edik”, deydi Peskov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan agar KXŞT mamlakatni öz tarkibidan çiqarib yuborsa, bundan faqat xursand bölişini aytgan edi. Boş vazirning takidlaşiça, bu mamlakatni taşkilotdan çiqiş yoki çiqmaslik borasidagi ikkilanişdan xalos etgan bölardi. U har qanday holatda ham Armaniston yaqin beş yil içida taşkilotga qaytişni rejalaştirmayotganini ham aytib ötgan.
Armaniston 2024 yilning fevralida KXŞTdagi azoligini muzlatib qöygan edi. Nikol Paşinyan “zarurat tuğilganda” taşkilotdan çiqişni istisno etmagan. Iyun oyida Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov KXŞT Armanistonga nisbatan “taşkilot ustavining tegişli moddasini” qöllaş masalasini körib çiqişni vada qilgan edi. Ustavga köra, mamlakat KXŞTda ovoz beriş huquqidan mahrum etilişi yoki taşkilotdan çiqarib yuborilişi mumkin.