Gaitida qurolli töda hujumi oqibatida 47 kişi halok böldi
Gaiti poytaxti Port-o-Prens yaqinidagi Kenskoff hududida qurolli bandalarning tungi hujumi oqibatida kamida 47 kişi halok böldi, yana 22 kişi jarohat oldi. Bu haqda BMT xabar qildi.
BMTning Gaitidgi integratsiyalaşgan ofisi malumotiga köra, qurbonlar soni hali özgarişi mumkin. Poytaxtga olib boruvçi yöllar ustidan joylaşgan Kenskoff hududi ötgan yildan beri qurolli tödalarning öndan ortiq hujumiga uçragan va minglab aholi uylarini tark etişga majbur bölgan.
Gaiti huquq himoya taşkiloti RNDDH hujum oqibatida 30–40 kişi halok bölgani, 15–20 kişi jarohatlanganini bildirgan. Hujum mahalliy vaqt bilan soat 22:30 atrofida boşlangan.
Hukumat hujumni “jirkanç jinoyat” deb atab, xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga vada bergan. Biroq mahalliy aholi politsiya xodimlari qurbonlarni himoya qila olmaganini bildirib, hududiy politsiya rahbarining istefosini talab qilgan.
Kenskoffda 2025 yil boşida ikki oy davomida sodir bölgan hujumlarda BMT malumotlariga köra, 260 dan ortiq kişi halok bölgan, 200 ta uy vayron qilingan yoki yoqib yuborilgan va 3 ming kişi öz uyini tark etgan. Keyingi davrda ham bu yerda zöravonlik, odam öğirlaş, uylarga öt qöyiş va çorva mollarini öğirlaş kabi holatlar davom etgan.
Hudud Peton-Vilga olib boruvçi yöllar yaqinida joylaşgan bölib, u yerda bir qator elçixonalar, qimmat mehmonxonalar va hukumatning vaqtinçalik qarorgohi bor. Zöravonlikning kuçayişi Gaitining dekabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan prezidentlik saylovlariga ham tasir qilişi mumkin. Bu mamlakatda qariyb ön yil içidagi birinçi saylov bölişi kutilmoqda.
BMT kömagida taşkil etilgan Bandalarga qarşi kuraşiş kuçlari kuzga qadar 5,5 mingdan ortiq harbiyga yetkazilişi rejalaştirilgan. Ular Gaiti politsiyasiga qurolli bandalarga qarşi kuraşda yordam berişi kerak.