«Vagner» tarkibiga yollangan özbekistonlik sudlandi
8-06-2025, 17:24
580 марта
«Vagner» tarkibiga yollangan özbekistonlik sudlandiU 2022 yil noyabrida Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi safiga qöşilgan, şundan söng, Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnaşgan.
Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi safiga qöşilgan 25 yoşli Özbekiston fuqarosiga «Yollaniş» moddasi böyiça 5 yilga ozodlikni çeklaş jazosi qöllandi. Bu haqda sud hukmi nusxasiga tayanib TASS xabar berdi.
Iş materiallariga köra, erkak 2021 yil iyul oyida pul işlaş maqsadida Rossiyaning Samara viloyatiga borgan va 2022 yil noyabrida «Vagner» safiga qöşilgan, şundan söng, Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnaşgan. Uning ismi-şarifi xabarda keltirilmagan.
2024 yil oktyabr oyida u vataniga qaytganida huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan hibsga olingan. Uning telefonida harbiy harakatlarda iştirok etganini tasdiqlovçi malumotlar topilgan.
Sud 25 yoşli yigitni Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-bandi («Yollaniş») bilan aybdor deb topdi.
«Beş yil muddatga ozodlikni çeklaş tarzidagi jazo tayinlansin», deyiladi hukm matnida.
Özbekiston qonunçiligiga köra, fuqaroning şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişiga 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi lozim