USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kobul 2030 yilda içimlik suvidan butunlay mahrum böliş xavfi ostida

184 марта

Kobul 2030 yilda içimlik suvidan butunlay mahrum böliş xavfi ostida

Afğoniston poytaxti Kobul 2030 yilda içimlik suvidan butunlay mahrum böliş xavfi ostida — bu haqda Mercy Corps xalqaro insonparvarlik taşkiloti hisobotiga asoslanib The Guardian gazetasi yozmoqda.
Mutaxassislarning xulosalariga köra, sönggi ön yilliklarda Kobulda yer osti suvlari sathi 30 metrga pastlab ketgan. Bu şiddatli urbanizatsiya (şaharlaşiş) va iqlim özgarişlarining oqibati. Şahardagi quduqlarning deyarli yarmi qurigan, suv istemoli hajmi suv zaxiralarining tabiiy töplaniş tezligidan yuqori — yillik taqçillik 44 million kub metrgaça yetgan.
Ahvol özgarmas ekan, şahar va uning atrofida yaşovçi 7 million kişining taqdiri xavf ostida qoladi. Mercy Corps taşkilotining Afğoniston böyiça direktori Den Karri aytişiça, suv yetişmasligi aholining majburiy köçişiga olib keladi, xalqaro hamjamiyat kömagining yöqligi migratsiya muammolari va ijtimoiy maşaqqatlarni yanada çuqurlaştiradi.
Suv nafaqat taqçil, sifati ham juda yomon: yer osti suv zaxiralarining qariyb 80 foizi kanalizatsiya çiqindilari, tuz, margimuş bilan ifloslangan. Odamlar toza suv sotib olişga majbur, oilalar byudjetining uçdan bir qismigaça şunga ketmoqda. Ayrim oilalarning kommunal qarzlari jiddiy moliyaviy muammoga aylangan.

Malumot uçun: Kobul şahri Kobul daryosi böyida joylaşgan, aholisi 4 milliondan ziyod. Ayrim manbalarga köra, Kobul «gullagan sohillar örtasida oquvçi daryo» degan manoni anglatadi. Köplab taxminlar qatorida, şaharning nomi şu gidronimdan olingani ham aytiladi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: