AQŞ razvedka rahbari yaşirinça Moskvaga borganining sababi oçiqlandi
AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) direktori Jon Li Retkliff Rossiya rasmiylarini NATO davlatlariga, xususan, Estoniya, Latviya va Litvaga hujum qilişdan ogohlantiriş uçun Moskvaga borgani malum böldi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Avvalroq, Retkliff joriy yilning 25 avgust kuni Moskvaga oldindan elon qilinmagan taşrif bilan borgan edi. Naşr Retkliff nima sababdan Rossiyaga borganini oçiqlagan bölsada, uning Moskvada aynan kim bilan uçraşgani haqida malumot bermagan.
“Uçraşuv, birinçi navbatda, Rossiyani Boltiqböyi davlatlariga qarşi har qanday keskinlaşuvdan ogohlantirişga qaratilgan edi”, degan “Politico” manbalaridan biri.
Naşr manbasiga köra, MRB rahbari Moskva rasmiylaridan Eronga harbiy va iqtisodiy yordam körsatişni töxtatişni ham talab qilgan.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp MRB rahbarining Rossiyaga taşrifini “qandaydir yarim odatiy sabab” bilan amalga oşirilgan deb atagan. U Retkliff Rossiyaga Putin NATOning qatiyatini “sinab körmoqçi” ekani sababli yuborilganini rad etgan.
Avvalroq, avgust oyining boşida Putin yaqin bir neça yil içida NATOning qatiyatini sinab körişga urinişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Buning uçun alyansning biror davlatiga çeklangan hujum uyuştirilişi mumkinligi taxmin qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) direktori Jon Li Retkliffning Moskvaga taşrifi ikki mamlakat maxsus xizmatlari örtasidagi aloqalar bilan boğliq bölganini malum qilgan edi. Şuningdek, u Retkliffning Vladimir Putin bilan uçraşuvi bölmaganini aytgandi.