Peskov AQŞ razvedka rahbarining Moskvaga yaşirinça borganiga izoh berdi
Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) direktori Jon Retkliffning Moskvaga taşrifi ikki mamlakat maxsus xizmatlari örtasidagi aloqalar bilan boğliq bölganini malum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Peskovning “The Waşington Post” gazetasiga aytişiça, Retkliffning taşrifi doirasida “maxsus xizmatlar örtasidagi aloqalar” amalga oşirilgan. Biroq u uçraşuvlarning tafsilotlarini oşkor qilmagan.
Rossiya Prezidentining matbuot kotibi, şuningdek, Retkliffning Vladimir Putin bilan uçraşuvi bölmaganini takidlagan. Peskovning aytişiça, MRB rahbarining Rossiya Prezidenti bilan uçraşuvi rejalaştirilmagan.
Şuningdek, Peskov Rossiya va AQŞ maxsus xizmatlari örtasidagi bunday aloqalar ikki tomonlama munosabatlarning eng murakkab davrlarida ham davom etişini aytgan. Biroq taşrifning Rossiya-AQŞ munosabatlariga tasiri haqida xulosa çiqarişga hali erta ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff Rossiya poytaxti Moskvaga keça, 25 avgust kuni elon qilinmagan muzokaralar uçun borgani haqida xabar berilgan edi.