USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Orasidan ola muşuk ötgan Putin va Aliyev Tojikistonda uçraşadi

163 марта

Orasidan ola muşuk ötgan Putin va Aliyev Tojikistonda uçraşadi 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bugun, 9 oktyabr kuni Duşanbeda ikki tomonlama muzokaralar ötkazadi. Bu haqda “Interfax” xabar berdi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning sözlariga köra, uçraşuv kun tartibidagi eng asosiy masala – ikki tomonlama munosabatlar.

“Uçraşuvning özi ikki davlat rahbarlari barça dolzarb masalalarni muhokama qilişga tayyorligini bildiradi”, degan Peskov. 

U, şuningdek, Ozarbayjon tomoni nomidan gapira olmasligini takidlagan, biroq Rossiya tomoni uçraşuvga ijobiy kayfiyatda kirayotganini qöşimça qilgan.

Bu Putin va Aliyevning uzoq tanaffusdan keyingi ilk tölaqonli uçraşuvi böladi. Sentyabr oyida Xitoyda ötgan ŞHT sammitida ular qisqa körişgan, ammo töliq muloqot bölmagan. Oxirgi bunday uçraşuv 2024 yilning oktyabr oyida bölib ötgan.

Putin va Aliyevning mart oyidan keyingi ilk telefon suhbati Rossiya Prezidentining tuğilgan kuni – 7 oktyabrda bölib ötdi. Kreml bu suhbatni ikki davlat rahbarlari örtasidagi aloqalar nuqtai nazaridan muhim deb baholagan.
Eslatib ötamiz, Rossiya va Ozarbayjon örtasidagi munosabatlar joriy yil iyun oxirida Yekaterinburgda bir guruh ozarbayjonliklarning hibsga olinişi ortidan keskinlaşdi. Ular 2001, 2010 va 2011 yillarda sodir etilgan ikki qotillik va bir suiqasdga uriniş böyiça tergov doirasida qölga olingan. 
Şuningdek, ikki gumonlanuvçi tergov jarayonida vafot etgan. Rossiya Tergov qömitasi ulardan biri yurak yetişmovçiligidan vafot etganini bildirgan. Ozarbayjon esa jasadlarda zöravonlik izlari borligini bildirgan va qasddan odam öldiriş, qiynoq qöllaş va mansab vakolatini suiistemol qiliş moddalari bilan jinoyat işi qözğatgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: