“Toşkent – Termiz” M-39 avtomagistralining 24 kilometrlik qismi yangilandi
Qozoğistonning Turkiston viloyatida “Toşkent – Termiz” xalqaro avtomobil yölining 24,1 kilometrlik qismi rekonstruktsiya qilinib, foydalanişga topşirildi. Bu haqda “24KZ” xabar berdi.
Qayd etilişiça, yangilangan M-39 avtomagistrali Maqtaaral tumani hududidan ötadi va Qozoğiston hamda Özbekistonni boğlaydi. Loyiha doirasida yöl birinçi toifali, tört qatorli avtomobil yöliga aylantirilgan. Tamirlaş işlari 2024 yil sentyabrda boşlangan. Loyihaning umumiy qiymati esa 3 milliard tengeni taşkil etgan.
Mutaxassislar avval yölning şikastlangan beton konstruktsiyalarini tiklagan, keyin 400 ming kvadrat metr maydonga asfalt yotqizilgan. Şuningdek, yöl çetidagi tösiqlar almaştirilgan va 6 ta köprikda asfalt qoplamasi yangilangan.
Bildirilişiça, M-39 avtomagistrali çegaraoldi harakati uçun muhim yönalişlardan biri hisoblanadi. U orqali yuk va yölovçi taşuvlari amalga oşiriladi, yaqinida esa “Tselinniy ” (Özbekiston tomonidan unga tutaş bölgan çegara punkti “Oq oltin” deb ataladi) va “Sirdaryo” nazorat-ötkaziş punktlari joylaşgan.
Maqtaaral tumani hokimi örinbosari Serik Tursinqulovning aytişiça, yangilangan transport koridori çegara punktlarining ötkaziş qobiliyatini oşiriş va hududning tranzit imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Malumotlarga köra, trassa orqali har kuni 15 minggaça avtomobil harakatlanadi. Yangilangan yöl yuk taşiş hajmi va xalqaro savdo ösişiga turtki berişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2026 yil 1 oktyabrdan “Olmaota – Toşkent” yönalişida qatnaydigan xalqaro poyezd tarkibida ayollar uçun maxsus vagon joriy etilişi xabar qilingandi.