USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç–Xiva pullik avtomobil yöli qurilişida işlar 88 foizga yetdi

512 марта
Urganç–Xiva pullik avtomobil yöli qurilişida işlar 88 foizga yetdi

Xorazm viloyatida barpo etilayotgan «Urganç–Xiva» pullik avtomobil yöli qurilişi jadal suratlarda davom etmoqda. Loyiha doirasidagi quriliş işlarining 88 foizi yakunlangani malum qilindi.
Ayni vaqtda asosiy yöl qismida asfalt-beton qoplamasini yotqiziş hamda metall yöl ötkazgiçlarining poydevor qismini barpo etiş işlari olib borilmoqda.

Mutasaddilarning malum qilişiça, hozirga qadar avtomobil yölining 30 kilometr qismiga birinçi qatlam asfalt qoplamasi yotqizilgan. Şundan 6 kilometr qismida ikkinçi qatlam asfalt ham töliq yotqizilib, yölning ajratuvçi qismi hamda ikki çetiga zamonaviy metall himoya tösiqlari örnatilgan.

Quriliş işlari tasdiqlangan reja asosida izçil davom etmoqda. Loyiha töliq yakunlangaç, Urganç va Xiva şaharlari örtasidagi transport qatnovi yanada tez va qulay bölişi, harakat xavfsizligi oşişi hamda hududning zamonaviy yöl infratuzilmasi sezilarli darajada rivojlanişi kutilmoqda.

Malumot uçun, mazkur pullik avtomobil yöli Xorazm viloyati transport tizimini takomillaştirişga qaratilgan yirik infratuzilma loyihalaridan biri hisoblanadi.

Manba: Xorazm viloyati Avtomobil yöllari boş boşqarmasi Axborot xizmati.




Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: