USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç–Xiva örtasida 49 kilometrlik pullik yangi avtomobil trassasi qurilişi rejalaştirilmoqda

2 617 марта
Urganç–Xiva örtasida 49 kilometrlik pullik yangi avtomobil trassasi qurilişi rejalaştirilmoqda

Xorazm viloyatida transport infratuzilmasini yangilaşga qaratilgan navbatdagi yirik loyiha — Urganç–Xiva yönalişida umumiy uzunligi 49 kilometr bölgan pullik avtomobil yölini barpo etiş rejasi jamoatçilikka taqdim etildi. Loyiha-çizmalarda trassaning töliq yönalişi, texnik körsatkiçlari va muhandislik yeçimlari aks etgan.


49 kmlik pullik trassa: vaqt tejaladi, xavfsizlik oşadi

Malumotlarga köra, yangi trassa Urganç şahri hududidan boşlanib, aylanma yönaliş orqali Xiva şahriga tutaşadi. Pullik asosda foydalaniladigan uşbu 49 kilometrlik yöl mavjud avtomobil yöllaridagi yuklamani kamaytiriş, tirbandliklarni bartaraf etiş va tranzit transport vositalarini aholi ziç yaşaydigan hududlardan çiqarişga xizmat qiladi.

Zamonaviy talablar asosida loyihalaştirilgan

Loyiha doirasida yölning turli tipdagi köndalang kesimlari taklif etilgan:

  • ikki va tört qatorli harakat qismi;
  • xavfsizlik himoya zonalari;
  • yaşil himoya polosalari va daraxtzorlar;
  • zamonaviy yoritiş tizimi, yöl belgilari hamda muhandislik inşootlari.

Mutaxassislar fikriça, pullik yöl sifatida qurilişi trassaning doimiy saqlanişi, tamirlanişi va xizmat körsatiş sifati yuqori bölişini taminlaydi.

Turizm va iqtisodiy rivojlanişga turtki

YuNESKO Jahon merosi röyxatiga kiritilgan Xiva şahriga olib boruvçi yangi pullik trassa sayyohlar uçun qulaylik yaratadi. Sayohat vaqti qisqarişi orqali içki va taşqi turizm oqimi oşişi, şu bilan birga hudud iqtisodiyotiga qöşimça daromad kirişi kutilmoqda.


Jamoatçilik etiboridagi masala

Ayni paytda loyihaning moliyalaştiriş manbalari, pullik tariflar miqdori va ijtimoiy transport vositalari uçun imtiyozlar masalasi jamoatçilikda qizğin muhokamalarga sabab bölişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

    • Xursand 20 Yanvar 2026 12:35
      Zor bo'ladi lekin ishlarga omad
    • Мансурбек 20 Yanvar 2026 14:50
      Радор борми
    • Мансур 20 Yanvar 2026 19:44
      Керак эмас мавжуд йулларни кенгайтириш керак

Мавзуга алоқадор: