Urganç xalqaro aeroporti modernizatsiya qilinadi
15-01-2026, 08:43
574 марта

Urganç xalqaro aeroporti modernizatsiya qilinadi
Xorazm viloyatidagi Urganç xalqaro aeroporti modernizatsiya qilinadi. Iş doirasida uning infratuzilmasini kengaytiriş, yölovçilar va yuklarga xizmat körsatiş sifatini, logistika imkoniyatlarini oşiriş orqali hududning transport salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqiş közda tutilgan. Bu haqda bugun, 14 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan turizm, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirişga qaratilgan quriliş loyihalaritaqdimotida söz boradi.Qayd etilişiça, mamlakat iqtisodiy ösişining yuqori suratlari, davlatning faol taşqi siyosati tufayli xalqaro hamkorlik kengayib, Özbekiston işbilarmonlik va turizm markaziga aylanib borayotgani infratuzilmani şunga mutanosib rivojlantirişni taqozo etmoqda. Şu bois, zamonaviy transport tarmoqlari, xizmat körsatiş obektlari va jamoat binolarini barpo etişga alohida etibor qaratilmoqda.
Taqdimotda turli hududlardagi bunyodkorlik rejalari körib çiqilgan.
Jumladan, Xiva şahrida Kongress markazi va tarixiy-etnografik boğ barpo etilişi rejalaştirilgan. Bu inşootlar şaharda yirik xalqaro anjumanlar ötkaziş va turistlar oqimini köpaytirişga xizmat qiladi.
Qurilişi rejalaştirilgan Konfutsiy instituti va Lu Ban ustaxonasida madaniy va marifiy tadbirlar ötkaziş, yoşlarni zamonaviy kasblarga öqitiş uçun şaroitlar yaratiladi.
Urganç xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş doirasida uning infratuzilmasini kengaytiriş, yölovçilar va yuklarga xizmat körsatiş sifatini, logistika imkoniyatlarini oşiriş orqali hududning transport salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqiş közda tutilgan.
Bundan taşqari, Urganç vokzalidan yangilangan aeroportga alohida temir yöl liniyasi tortilişi natijasida yölovçilar uçun qulaylik yanada oşadi. Şuningdek, mavjud Urganç–Xiva avtomobil yölini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş hamda unga muqobil böladigan yangi avtoyöl quriş rejalari taqdimot qilingan.