Özbekiston va Yaponiya aloqalari yangi darajaga kötarildi
20-12-2025, 17:51
119 марта

Özbekiston va Yaponiya aloqalari yangi darajaga kötarildi
Özbekiston va Yaponiya munosabatlari kengaytirilgan strategik şeriklik darajasiga kötarildi. Bu haqda bugun, 20 dekabr kuni “Kantey” qarorgohida ötgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçining muzokaralarida malum qilindi.Boş vazir Takaiçi Prezident Mirziyoyevning sönggi olti yil içida Yaponiyaga qilgan ilk taşrifini qutlab, ikki davlat munosabatlari “kelajak avlodlar uçun kengaytirilgan strategik şeriklik” darajasiga kötarilganini takidladi. U xalqaro huquq ustuvorligiga asoslangan erkin va oçiq xalqaro tartibni saqlaş va mustahkamlaşda Özbekiston bilan strategik şerik sifatida munosabatlarni yanada rivojlantiriş istagini bildirdi.
Prezident Mirziyoyev Yaponiyaning Özbekistonda modernizatsiya va inson resurslarini rivojlantirişga qaratilgan köp yillik yordami uçun çuqur minnatdorlik bildirdi, şuningdek, yapon kompaniyalarining Özbekistondagi faol iştirokini olqişlab, biznes muhitini yaxşilaş kabi çoralar orqali iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantiriş istagini bildirdi.
Yakunda Özbekiston Prezidenti va Yaponiya Boş vaziri Kelgusi avlodlar uçun kengaytirilgan strategik şeriklik töğrisidagi qöşma bayonotni imzoladilar. Uşbu hujjat, şubhasiz, munosabatlarni yangi bosqiçga kötarişi va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş uçun keng imkoniyatlar oçişi takidlandi.
Taşrif doirasida talim, soğliqni saqlaş, ekologiya, suv resurslari, transport, şaharsozlik, turizm, qişloq xöjaligi, tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş sohalarida salmoqli kelişuvlar töplami qabul qilindi. Uşbu hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi.