Şavkat Mirziyoyev Çirçiq aviatsiya tamirlaş zavodiga bordi
13-01-2026, 19:32
152 марта

Şavkat Mirziyoyev Çirçiq aviatsiya tamirlaş zavodiga bordi
Bugun, 13 yanvar kuni Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişidan söng Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev Çirçiq aviatsiya tamirlaş zavodiga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, davlat rahbari korxonada amalga oşirilgan keng kölamli modernizatsiya natijalari hamda uning yangi yuqori texnologik bölinmalari faoliyati bilan tanişgan.

Zavod negizida MDH va mintaqamizda yagona bölgan “Airbus” vertolyotlariga texnik xizmat körsatiş markazi işga tuşirilgan.
Markaz Frantsiyaning “Airbus” kompaniyasi tomonidan rasmiy sertifikatsiyadan ötkazilgan bölib, işlab çiqariş yuqori saviyada taşkil etilgani, xalqaro standartlar va işlab çiqaruvçi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan. Bu yerda Ğarb aviatexnikasining zamonaviy modellari, şu jumladan, H-125, H-215 va H-130 rusumli vertolyotlar uçun servis va tamirlaş işlarining töliq zanjiri yölga qöyilgan.

Markaz Özbekistonni “Airbus” vertolyotlariga texnik xizmat körsatiş va ularni ekspluatatsiya qiliş böyiça muhim mintaqaviy xabga aylantiriş imkonini beradi. Mamlakat yetakçisi markaz imkoniyatlari bilan tanişgan va mutaxassislar bilan muloqot qilgan.

Şu yerning özida Prezidentga zavodning Su-25 harbiy samolyotlarini kapital tamirlaş va çuqur modernizatsiya qiliş böyiça yangilangan tsexlari taqdimot qilingan. Ilğor texnologiyalarni joriy qiliş hisobiga endilikda korxonada texnikani zamonaviy navigatsiya tizimlari, tungi köriş qurilmalari va bortdagi özini himoya qiliş komplekslari bilan jihozlaş işlari amalga oşirilmoqda.
Davlat rahbari taşrif yakunida mamlakat mudofaa sanoati salohiyatini yanada mustahkamlaş böyiça topşiriqlar bergan.