Şavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik bildirdi
Bugun, 27 avgust Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonidagi Şigadze şahar okrugida va Nepalning Tibet bilan çegarasida yuz bergan keng kölamli köçki va toşqin oqibatida köplab insonlar halok bölgani, jarohatlangani hamda katta iqtisodiy talafot körilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin va Nepal Prezidenti Ram Çandra Paudelga hamdardlik yölladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi malum qildi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari vafot etganlarning oila azolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda soğayib ketişini tilagan.
Eslatib ötamiz, Nepal va Tibetda keça, 26 avgust kuni yuz bergan halokatli suv toşqinlari oqibatida 1,5 mingga yaqin kişi, jumladan, 700 dan ortiq xorijlik bedarak yöqolgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida kamida 165 kişi halok bölgan. Mahalliy hokimiyat qurbonlar soni yana ortişi mumkinligini bildirgan. Halok bölganlar va jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöq.
Mamlakatda 826 kişi, jumladan, 500 ga yaqin xorijlikning qayerdaligi nomalumligiça qolmoqda. Bedarak yöqolganlar orasida Hindistonning 177, AQŞning 63, Avstraliyaning 34, Buyuk Britaniyaning 33 va Kanadaning 25 nafar fuqarosi bor.