Ispaniyadagi muzeydan 10 kg xazina öğirlab ketildi
Bugun, 27 avgust ertalab nomalum şaxslar Ispaniyaning Vilena şahridagi MUVI muzeyini tönab ketdi. Ular yoşi 3000 yildan ortiq deb baholanuvçi bronza davriga oid oltin taqinçoqlar – “Vilena xazinalari”ni öğirlagan. Bu haqda “El Pais” xabar berdi.
Qayd etilişiça, öğrilik çalğituvçi harakat bilan boşlangan. Ertalab soat 5:16 atrofida mahalliy sport markazida signalizatsiya işlab ketgan. Xavfsizlik xizmati xodimlari öşa tomonga ketgan, tört daqiqadan söng – soat 5:20 da esa muzeydagi signalizatsiya harakatga kelgan. Tört daqiqadan söng politsiya voqea joyiga yetib kelganida, bino böşab qolgani, taqinçoqlar esa öğirlab ketilganini körgan.
Öğrilar avval asosiy kiriş joyidan kirmoqçi bölgan, ammo yakunda barça zarur himoya tizimlari va öq ötmaydigan oynalar bilan jihozlangan yon oynalar orqali içkariga yorib kirgan. Öğrilikda gumonlanayotganlar hozirça topilmagan: kuzatuv kameralari faqatgina ikkita avtomobildagi bir guruh odamlarni qayd etgan. Ularning şaxsi esa nomalum.
Vilena meri Fulxensio Serdan öğrilar matbuot anjumanida “xazinaning katta qismini öğirlab ketganini” tasdiqlagan. Vilena xazinalarining umumiy vazni 10 kilogrammni taşkil etadi. Ular orasida oltin va kumuş taqinçoqlar, oltindan yasalgan kosalar va idişlar, podşoh hassasining parçalari va boşqa buyumlar bor. Ularning umumiy qiymati 1,5 million yevrodan ortiq deb baholanmoqda. Qora bozorda bu summa bir neça baravarga oşişi mumkin.
Vilena kabi kiçik şahar uçun (aholisi 35 ming kişi atrofida) bu öğrilik haqiqiy fojia böldi, deb tan olmoqda mahalliy hokimiyat organlari.
“Ular bizni barbod qilişdi. Bu merosimizning, boyligimizning bir qismi edi. Xazinalar şaharimiz faxri edi”, deydi Vilena meri.
Malumot uçun, “Vilena xazinalari” taxminan miloddan avvalgi 1250 yilga oid. Şu tariqa, ularning yoşi uç ming yildan oşadi. Ular 1963 yilda tasodifan topib olingan. Bu Pireney yarim orolidagi bronza davriga oid eng muhim oltin buyumlar töplamlaridan biri.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şotlandiya sohillari yaqinida qariyb 400 yil avval çökib ketgan qirollik kemasi – “Blessing of Burntisland” qoldiqlari topilgan bölişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Mutaxassislar kema bortida bugungi qiymatda 20 million funt sterlingga teng boylik bölganini taxmin qilmoqda.