USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Kanadaning kölini ham “özlaştirdi”. Endi navbat okeanga

100 марта
Трамп Канаданинг кўлини ҳам “ўзлаштирди”. Энди навбат океанга

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kanada bilan davom etayotgan savdo uruşi fonida Ontario kölining nomini “Amerika köli” (Lake America) deb özgartiriş töğrisida farmon imzoladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Trampning qarori kölning AQŞ federal idoralaridagi nomlanişiga taalluqli. Şuningdek, Kanada yoki xalqaro taşkilotlar uşbu nomdan foydalanişga majbur emas.

Tramp keça, 27 avgust kuni Oq uyning Oval kabinetida jurnalistlarga Ontario köli nomi darhol “Amerika köli”ga özgartirilişini aytgan.

“Bu nomni özgartiriş haqida aslida ançadan beri öylab kelganman”, degan Tramp.

Malumot uçun, köl suv yuzasining qariyb 52 foizi Kanada, qolgan qismi esa AQŞning Nyu-York ştati hududiga töğri keladi. Ontario kölining hozirgi nomi 400 yildan ortiq tarixga ega.

Kanada Boş vaziri Mark Karni esa köl nomining özgartirilişini tan olmasligini bildirgan.

“Kanadaliklar haqiqatni nomlaş nimani anglatişini biladi: bu Ontario köli deb ataladi – hozir ham, bundan keyin ham”, degan Karni.

AQŞning Nyu-York ştati gubernatori Keti Xokul ham Trampning qarorini qöllab-quvvatlamagan.

“Nyu-York uni bunday deb atamaydi”, deb yozgan gubernator.

Vermont ştati gubernatori Fil Skott esa qarorni “arzimas va hafsalani pir qiladigan” deb atagan.

Kvebekdagi Vendat millati boşliği Per Pikar ham Trampning qarorini qoralagan. Uning aytişiça, “Ontario” nomi vendatlar tilidan kelib çiqqan bölib, “gözal köl, buyuk köl” degan manoni anglatadi.

“Prezident Tramp bizning tariximizni öçirişga urinmoqda”, degan Pikar.

Tramp esa Kanada bilan munosabatlar fonida Atlantika va Tinç okeanlarining nomini ham özgartiriş mumkinligini aytgan.

“Bizda qöltiq va köl bor. Endi bizga faqat okean kerak”, degan AQŞ Prezidenti.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Hormuz böğozini AQŞ hududi deb elon qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: