AQŞ Kanadaning $20 milliardlik mahsulotlariga 50 foizlik boj qöydi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kanadadan import qilinadigan qariyb 20 milliard dollarlik mahsulotlarga 50 foizlik yangi bojlar joriy etilganini elon qildi. Vaşington bu qarorni Kanadaning Amerikada işlab çiqarilgan avtomobillar, alkogol mahsulotlari va sut mahsulotlariga nisbatan “kamsituvçi siyosati” bilan izohladi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yangi tariflar tsement, xokkey anjomlari, sut mahsulotlari, suziş havzalari, mebel, baliq ovlaş anjomlari, uruğlik va kiyim-keçaklar kabi keng turdagi mahsulotlarga tatbiq etiladi.
Tramp mazkur qarorni 1930 yilgi Bojlar töğrisidagi qonunning 338-moddasi asosida qabul qilgan. Mazkur norma AQŞ mahsulotlarini kamsitgan deb hisoblangan savdo hamkorlariga nisbatan prezidentga 50 foizgaça jazo tarifi joriy etiş huquqini beradi. Bu modda qariyb bir asrlik tarixida ilk bor qöllanilmoqda.
Malum qilinişiça, yangi tariflar 30 kundan keyin kuçga kiradi. AQŞ Savdo vakili idorasi malumotiga köra, ular Kanadaning qariyb 20 milliard dollarlik importiga, yani 2025 yilda AQŞ import qilgan 382 milliard dollarlik Kanada mahsulotlarining taxminan 5,2 foiziga tatbiq etiladi.
AQŞ Savdo vakili Jeymison Grirning aytişiça, mamuriyat adolatli va özaro manfaatli savdo kelişuvlarini tuzişda davom etayotgan bir paytda, Kanada AQŞning savdo muvozanatini tiklaş va milliy xavfsizlik uçun muhim sanoat tarmoqlarini himoya qiliş çoralariga qarşi javob çoralarini qöllaşda davom etmoqda.
Kanada Boş vaziri Mark Karni esa hukumati Vaşington bilan savdo mojarolarini hal qiliş böyiça keng qamrovli takliflar kiritganini bildirgan. Uning takidlaşiça, Tramp avval joriy qilgan tariflar Şimoliy Amerika erkin savdo kelişuvi şartlarini buzgan.
“Bu savdo mojarosi, ayniqsa, AQŞda oilalar xarajatlarining oşişiga sabab böldi. Kanada ikki mamlakat fuqarolari manfaati yölida hal etilmagan masalalar böyiça AQŞ bilan faol muzokaralar olib borişga tayyor”, degan Karni.
Naşrning yozişiça, 20 iyul kuni Nyu-Jersida bölib ötgan futbol böyiça jahon çempionati finalida Tramp va Karni uçraşgan. Uçraşuv çoğida Tramp Kanadaning örmon yonğinlari tufayli AQŞga tarqalayotgan tutun muammosini hal qilişni talab qilgan. U ötgan hafta uşbu ifloslaniş xarajatlarini ham Kanada tovarlariga nisbatan amal qilayotgan tariflarga qöşiş bilan tahdid qilgan.
Yangi tariflar 19 avgustdan kuçga kiradi va mahsulotlar USMCA böyiça imtiyozlarga ega bölişidan qati nazar amal qiladi. Biroq Tramp energetika mahsulotlari, kaliy öğitlari, baliq, strategik minerallar hamda 232-modda asosida allaqaçon tarif qöllanilayotgan ayrim tovarlarni uşbu çoralardan ozod qilgan.
Oq uy tariflar joriy etilişiga asos sifatida Kanadaning sut bozorini himoya qiliş siyosati, şuningdek, AQŞdan import qilinadigan avtomobillarga boşqa davlatlarnikiga nisbatan yuqoriroq tarif va kvotalar qöllaşini ham körsatgan.
Şuningdek, Vaşington malumotiga köra, Kanadaning aksariyat provintsiyalari avvalgi AQŞ tariflariga javob sifatida Amerika alkogol mahsulotlari savdosini töxtatgan. Oq uyning bildirişiça, ötgan bir yil içida Kanadaning AQŞ avtomobillari importi 22 foizga, alkogol mahsulotlari importi esa 81 foizga kamaygan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kanadadagi örmon yonğinlari tutuni AQŞ hududiga tarqalayotgani uçun Ottavani ayblab, bu ifloslanişni bartaraf etiş xarajatlari Kanada tovarlariga qöllanilayotgan mavjud tariflarga qöşilişini malum qilgandi.