AQŞda favqulodda holat elon qilindi
30-01-2026, 10:38
808 марта

AQŞda favqulodda holat elon qilindi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kuba mamlakatidan tahdid mavjudligi sabab AQŞda favqulodda holat rejimini joriy etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat Oq uy tomonidan elon qilindi.Farmonga köra, endilikda Qöşma Ştatlar Kubaga töğridan töğri yoki bilvosita neft yetkazib beradigan har qanday davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga qöşimça bojlar joriy etişi mumkin.
Tramp bu qarorni Kuba hukumati AQŞ manfaatlariga zarar yetkazuvçi va xavf tuğdiruvçi “favqulodda çoralar” körayotgani bilan izohlagan. Hujjatda takidlanişiça, Kuba rasmiylari AQŞga nisbatan duşmanona munosabatda bölgan davlatlar va guruhlar, jumladan Rossiya, Xitoy, Eron, şuningdek HAMAS va “Hizbulloh” bilan hamkorlik qilmoqda.
“Milliy favqulodda vaziyatni bartaraf etiş uçun tarif tizimini joriy etiş zarur va maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Uşbu tizimga muvofiq, Kubaga neft sotayotgan yoki boşqa yöl bilan yetkazib berayotgan xorijiy davlat mahsulotlari importiga qöşimça boj qöllanişi mumkin”, degan Tramp.
Sönggi paytlarda Tramp mamuriyati Kuba iqtisodiyotidagi oğir vaziyatga işora qilib, orolda hukumat tez orada qulaşini tez-tez takidlamoqda va Vaşington Kuba va uning ittifoqçilariga bosimni kuçaytirmoqda. AQŞ rasmiylari orolda hokimiyat almaşuvini körişni istayotganini oçiq aytib kelmoqda.
“Politico” naşrining yozişiça, Vaşingtonda muhokama qilinayotgan çoralar orasida Kubaga neft yetkazib berişni töliq bloklaş ham bor.