AQŞ Kubaga nisbatan dengiz blokadasini joriy etişi mumkin
24-01-2026, 21:02
99 марта

AQŞ Kubaga nisbatan dengiz blokadasini joriy etişi mumkin
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati Kubaga neft yetkazib berişni töxtatiş maqsadida harbiy-dengiz blokadasi joriy etiş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Politico” xabar berdi.Naşrga köra, yakuniy qaror hozirça qabul qilinmagan. Çunki mamuriyat içida bu çorani qöllab-quvvatlovçilar ham, unga qarşi bölganlar ham bor.
Blokada ğoyasini AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio qöllab-quvvatlamoqda, biroq ayrim mansabdorlar neft yetkazib berişning töliq töxtatilişi orolda gumanitar inqirozga olib kelişi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Venesueladan yetkazib beriladigan neftning töxtaşi allaqaçon Kuba iqtisodiyotiga salbiy tasir körsatgan.
“Politico”ning qayd etişiça, blokada Kuba kommunistik hukumatiga bosim ötkaziş vositalaridan biri sifatida körib çiqilmoqda. Bungaça Donald Tramp Gavananing endi Karakasdan na neft, na moliyaviy yordam olmasligini aytgan va Kuba rasmiylarini Vaşington bilan kelişuvga borişga çaqirgan.