Tramp Kubaga tahdid qildi
12-01-2026, 18:50
105 марта

«Kuba köp yillar davomida Venesueladan katta miqdordagi neft va pul kelişi evaziga yaşagan. Bunga javoban Kuba Venesuelaning sönggi ikki diktatoriga „qöriqlaş xizmatlari“ni körsatdi. Ammo endi bunday bölmaydi!» – deb yozdi Tramp yakşanba kuni özining Truth Social tarmoğida.
«Endi Kubada neft ham, pul ham bölmaydi – nol! Men ularga keç bölmasidan bitim tuzişni maslahat beraman», – deb davom etgan Tramp.
U aynan qanday kelişuvni nazarda tutgani va Kuba uçun qanday oqibatlar bölişi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.
Mutaxassislarning baholariga köra, Venesuela öz ittifoqçisi Kubaga kuniga 35000 barrel (4,8 ming tonna atrofida) neft yetkazib beradi.
AQŞ harbiylari 3 yanvar kuniga ötar keçasi Karakasda ötkazilgan reyd davomida Venesuela rahbari Nikolas Maduroni qölga olib, Nyu Yorkka olib ketgandi. U yerda sobiq prezident giyohvand moddalar savdosi böyiça ayblanib, sudga tortilgan.
Tramp öz postida uşbu reyd haqida eslab ötgan va Maduroni qöriqlagan kubaliklarning aksari öldirilgani va endi Venesuela kubaliklar xizmatlariga ehtiyoj sezmasligini bildirgan. «Endi Venesuelada Amerika Qöşma Ştatlari bor, uni himoya qiladigan eng katta armiya (katta farq bilan) bor», – degan Tramp.
Kubaliklar köp yillar mobaynida Nikolas Maduroning şaxsiy qöriqlaş xizmati tarkibida bölişgan. Kuba hukumati amerikalik harbiylar reydi vaqtida 32 nafar kubalik halok bölganini tasdiqlagan.
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel bu 32 «jasur kubalik jangçilar» «imperiya formasidagi terrorçilar» bilan jangga kirişib, halok bölganini aytgan.
Kuba hukumati reaktsiyasi
Migel Dias-Kanel Trampning sözlariga keskin munosabat bildirdi. «Kuba – erkin, mustaqil va suveren mamlakat. Bizga heç kim nima qilişni buyurmaydi», – deb yozdi Lotin Amerikasi davlati rahbari X ijtimoiy tarmoğida.
«Hamma narsani biznesga, hatto inson hayotini ham tovarga aylantiradiganlar Kubaga körsatma beriş huquqiga ega emas. Mamlakatdagi oğir iqtisodiy vaziyat AQŞ bizga (Kubaga – tahr.) oltmiş yildan beri qöllab kelayotgan qattiq izolyatsiya çoralari natijasi bölib, ularni yanada kuçaytiriş bilan ham tahdid qilişmoqda», – deya qöşimça qildi u.
Kuba taşqi işlar vaziri Bruno Rodriges «Kuba heç qaysi mamlakatga körsatgan xavfsizlik xizmatlari uçun pul yoki moddiy mukofot olmagani»ni aytib çiqdi.
«AQŞdan farqli ölaroq, bizda boşqa davlatlarga nisbatan yollanma xizmat körsatiş, şantaj yoki harbiy bosim bilan şuğullanadigan hukumat yöq. Boşqa har qanday mamlakat kabi, Kuba ham yonilğini eksport qilişga tayyor bölgan va AQŞning bir tomonlama majburlovçi çoralariga aralaşuvsiz yoki böysundirilmasdan, tijoriy munosabatlarni rivojlantiriş huquqini amalga oşirayotgan bozorlardan yonilği import qilişga mutlaq huquqqa ega», – degan u.
U «AQŞ özini jinoiy va nazoratsiz gegemon sifatida tutayotgani va butun dunyo böylab tinçlik va xavfsizlikka tahdid solayotgani»ni takidlagan.
Kubada yoqilği muammosi
AQŞ prezidenti mamuriyati hozirça Kubaga nisbatan aniq rejalar haqida malum qilgani yöq; Trampning özi esa Kubaga bostirib kirişga hojat yöqligini, çunki u yerdagi hokimiyat şundoq ham «qulaşga tayyor ekani»ni aytgan.
AQŞ davlat kotibi, kubalik muhojirlar farzandi hisoblangan Marko Rubio ötgan haftada bergan intervyusida şunday degan: «Kuba rahbariyati vakili bölganimda, xavotir içida yaşayotgan bölardim. Çunki Gavanada köplab muammolar paydo böldi».
Tramp esa yakşanba kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Rubioni Kuba prezidenti qilib tayinlaş haqidagi taklifni maqullab, «Yomon eşitilmayapti», deb yozgandi.
Kubadan kelayotgan xabarlarga köra, Qöşma Ştatlar Venesueladan çiquvçi tankerlar yölini tösib qöygani tufayli orolda yoqilği va elektr tanqisligi yuzaga kelgan.
«Donro doktrinasi»
Trampning mamuriyati avvalroq taşqi siyosatda modifikatsiya qilingan «Monro doktrinasi»ga amal qilişini malum qilgan. Bu doktrina orqali AQŞning ilk prezidentlaridan biri Jeyms Monro 1823 yilda Qöşma Ştatlarni Ğarbiy yarimşardagi hukmron kuç deb elon qilgandi. Aniqroği, doktrina Yevropa davlatlarining Amerika işlariga aralaşişdan boş tortişi evaziga AQŞning Yevropa işlariga aralaşişdan boş tortişini nazarda tutgan.
AQŞning yangi Milliy xavfsizlik strategiyasida taşqi siyosatdagi bu yönaliş «Trampdan Monro doktrinasining yangi versiyasi» deb atalgan, Trampning özi esa uni «Donro doktrinasi» deb ataydi.
Maduro qölga olinganidan keyin Tramp Lotin Amerikasining qator mamlakatlari yuzasidan turliça bayonotlar berdi.
U, xususan, Kolumbiyaning ilk söl prezidenti Gustavo Petroga «öz joni uçun qayğuriş»ni maslahat bergan va Kolumbiyada ham harbiy operatsiya ötkaziş kerakligi haqidagi fikrlarni maqullagan.
Oktyabr oyida AQŞ Petroni Kolumbiyada giyohvandlik moddalari savdosi gullab-yaşnaşida ayblab, unga qarşi personal sanktsiyalar joriy etgandi.
Şuningdek, Tramp AQŞga giyohvand moddalar oqimi Meksika orqali kirib kelayotgani va «bu masalada nimadir qiliş kerakligi»ni aytgan. Uning sözlariga köra, u Meksikaga kartellar bilan uruşda mahalliy hokimiyatga yordam beriş uçun amerikalik harbiylarni yuborişni taklif qilgan. Biroq Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum bu takliflarni rad etgan.
1959 yilda Fidel Kastro partizan safdoşlari bilan AQŞga döstona munosabatda bölgan prezident Fulxensio Batistani ağdarib, özi SSSR bilan yaqin munosabatlarni yölga qöyganidan beri AQŞ Kuba uçun duşman davlatga aylangan.
AQŞning avvalgi prezidentlari, ayniqsa, Barak Obama Kuba bilan munosabatlarni normallaştiriş uçun ayrim qadamlarni qöygandi, ammo Tramp bu qarorlarning köpçiligini bekor qildi.
Xususan, Tramp ikkinçi muddatga saylanib, lavozimiga rasman kirişgaç, Kubani yana terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlat deb rasman elon qildi. Bu oldingi prezident Jo Bayden Kubadan bu tarifni olib taşlaganidan köp vaqt ötmay röy berdi.