USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Neft, takroriy hujum va siyosatçilarga ogohlantiriş. Tramp matbuot anjumanida nimalar haqida gapirdi

233 марта
Neft, takroriy hujum va siyosatçilarga ogohlantiriş. Tramp matbuot anjumanida nimalar haqida gapirdi

Trampning sözlariga köra, Venesuela vitse-prezidenti AQŞ vitse-prezidentiga Amerikaning aytganlarini bajarişga tayyorligini bildirgan.
Foto: AFP

AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan ağdariş maqsadida amalga oşirilgan operatsiya böyiça matbuot anjumani ötkazdi.  

U matbuot anjumanida Maduro va Venesuela kelajagi, AQŞning rejalari borasida qator bayonotlar berdi.


AQŞ prezidenti Venesuelaga takroriy hujum bölişi mumkinligini aytiş bilan birga, Venesueladagi siyosatçilarni ogohlantirdi.

Uning sözlariga köra, Maduro bunkerga yaşirinişga uringan, lekin amerikalik harbiylar bunga yöl qöyişmagan.

“Katta otişma böldi. AQŞ 47 soniya içida hamma yerni tozaladi va Maduroning qoçişiga imkon bermadi”, — dedi Tramp.



Trampning aytişiça, Maduro qarşilik körsatgan taqdirda öldirilişi mumkin edi.

“Biz hujumning ikkinçi tölqinini amalga oşirişimiz ham mumkin, u yanada kuçliroq böladi, bunga tayyormiz. Venesueladagi barça siyosiy figuralar tuşunişi darkor – Maduro bilan yuz bergan holat boşqa har kim bilan ham sodir bölişi mumkin”, - dedi u.


Tramp avvalroq AQŞga nisbatan keskin bayonotlar bilan çiqqan Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroni ham ogohlantirdi.


“Kolumbiya prezidenti özini ehtiyot qilişi kerak”, - dedi u.


Tramp Venesuelani AQŞ neftini tortib olişda aybladi.


“Venesueladagi butun neft infratuzilmasini amerikaliklar qurgan, sotsialistlar esa bularning barçasini bizdan tortib oldi. Venesuela şuningdek, AQŞning milliardlab dollarlik aktivlari, platformalari va pullarini ham tortib oldi. Bunga qarşi heç kim heç narsa qilmadi. Amerika boşqa mamlakatlar uni talaşiga yöl qöymaydi. AQŞ Venesueladan Amerika neft kompaniyalari uçun kompensatsiya undiradi”, - dedi Amerika rahbari.


“Narkokartellar juda şafqatsiz edi, lekin endi bunday bölmaydi. Qurolli kuçlarimiz olib borayotgan çiroyli işlarni etirof etiş kerak. Boşqa mamlakatlarda ham, özimizda ham. Buning ustiga, Maduro rejimi boşqa mamlakatlarning harbiy maslahatçilaridan foydalangan va keça bizga qarşi xorijiy qurolni işlatdi. Önlab yillar davomida boşqa mamuriyatlar Venesuela körinişidagi mintaqaviy tahdidni inkor etib keldi, bazan esa hatto uning kuçayişiga kömaklaşdi”, - dedi u.


Tramp matbuot anjumani davomida Venesuela muxolifati yetakçisi Mariya Korina Maçadoni ham tilga olib ötdi.


“Maçado Venesuela yetakçisi böla olmaydi, unda yetakçilik qobiliyati yöq, u şunçaki yoqimtoy”, - dedi AQŞ prezidenti.  

Trampning sözlariga köra, Venesuela vitse-prezidenti AQŞ vitse-prezidentiga AQŞ nima desa şuni bajarişga tayyorligini bildirgan.

Donald Tramp Venesuela öz hududida xorijiy kuçlarni joylaştirgani va AQŞga tahdid soluvçi hujum qurollarini sotib olganini aytarkan, agar zarur bölsa AQŞ Venesuelada öz qöşinlarini joylaştirişi mumkinligini takidladi.


U Rossiya-Ukraina uruşiga ham töxtalib ötdi.

“Men Ukraina va Rossiya nizosini eng yengil nizo deb öylagandim, ammo hozirça ularni yaraştira olmadim. AQŞ Ukraina mojarosida pul yöqotmayapti, balki pul işlayapti”, - dedi u.


Trampning qöşimça qilişiça, u Putin bilan Maduro haqida heç qaçon gaplaşmagan. Donald Tramp Putin bilan Ukraina masalasidagi muloqotlardan köngli tölmayotgani, lekin tinçlik örnatiş masalasida oldinga siljiş borligini takidladi.


“Bu uruş qonli hammomga aylandi va biz bunga çek qöyişni xohlaymiz. Bu Bayden, Zelenskiy va Putinning uruşi”, — dedi u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: