Tramp Maduroga «yaxşilikça ketiş»ni taklif etdi
30-11-2025, 20:11
294 марта

Tramp Maduroga «yaxşilikça ketiş»ni taklif etdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro öz ixtiyoriga köra istefoga çiqmasa, kuç bilan ketkaziş bilan tahdid qildi.Tramp Maduro bilan telefon muloqotida bu haqda gapirgan deb xabar beradimanbalar.
Ikki prezident Nikolas Maduro, uning şeriklari va ularning oilalariga amnistiya talablarini muhokama qilişgan. Ular hozirda AQŞ sanktsiyalari röyxatida va mamlakatda jinoiy javobgarlikka tortiliş xavfi ostida.
28 noyabr kuni The New York Times AQŞ va Venesuela prezidentlari örtasidagi telefon orqali gaplaşuv haqida xabar berdi. Gazeta xabariga köra, suhbat Davlat departamenti Kartel de los Soles (Quyoşlar karteli)ni terroristik taşkilot deb elon qilişidan bir neça kun oldin bölib ötgan.
AQŞ rasmiylari Nikolas Maduro kartelga rahbarlik qilayotganiga işonişadi.
Sönggi vaqtlarda Venesuela va AQŞ munosabatlari keskinlaşdi. Tahlilçilar hatto uruş ehtimolidan ogohlantirmoqda.