AQŞda 3 ming noqonuniy migrant qölga olindi
20-01-2026, 18:23
189 марта

AQŞda 3 ming noqonuniy migrant qölga olindi
AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari Minneapolisda (Minnesota ştati) federal huquqni muhofaza qiliş organlarining noqonuniy muhojirlarga qarşi kuraş kampaniyasi doirasida boşlangan eng yirik operatsiyasi çoğida 3 ming migrantni qölga oldi. Bu haqda AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.“Oxirgi olti hafta içida [operatsiya boşlanganidan beri] xodimlarimiz 3 ming noqonuniy muhojirni hibsga oldi, ular orasida qotillar, zöravonlar, pedofillar va boşqa juda xavfli şaxslar bor. Bu jamoat xavfsizligi uçun katta ğalaba”, deyiladi xabarda.2025 yil dekabr oyida AQŞ Xalqaro valyuta byurosi Minneapolisda Metro Surge operatsiyasi boşlanganini elon qildi. Idora uni AQŞda ötkazilgan eng yirik tadbir, deb tarifladi.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp avvalroq u hokimiyatga kelişidan oldin mamlakatga noqonuniy ravişda 25 millionga yaqin odam kirganini aytgan edi. Oq uy rahbari bir neça bor immigratsiya siyosatini qatiylaştiriş tarafdori ekanini aytgan. Inauguratsiyadan söng u AQŞ va Meksika çegarasida favqulodda holat rejimini joriy etiş töğrisidagi farmonni imzoladi va noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qiliş böyiça Amerika tarixidagi eng yirik operatsiyani ötkazişni taminlaş niyatida ekanini bildirdi.