Rossiya dengizda ham hukmronlik qilmoqçi
9-06-2025, 17:39
217 марта

Rossiya dengizda ham hukmronlik qilmoqçi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat Harbiy-dengiz floti (VMF)ni 2050 yilgaça rivojlantiriş strategiyasini rasman tasdiqladi. Bu haqda Prezident yordamçisi va Rossiya Dengiz kollegiyasi rahbari Nikolay Patruşev “Argumenti i fakti” gazetasiga bergan intervyusida malum qildi.Patruşevning sözlariga köra, strategiyani işlab çiqiş qarori 2024 yilning iyul oyida qabul qilingan. Prezident topşiriğiga binoan dastlabki hujjat Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan, söng federal idoralar hamda taşkilotlar takliflarini inobatga olgan holda Dengiz kollegiyasi tomonidan takomillaştirilgan. Yakuniy tahrir joriy yilning 30 may kuni Putinga taqdim etilib, u tomonidan tasdiqlangan.
Strategiyada global harbiy-siyosiy vaziyat tahlili, qurolli töqnaşuvlar yuzaga keliş ehtimoli va ularning xarakteri, yetakçi dengiz davlatlarining harbiy salohiyati körib çiqilgan. Hujjatda şuningdek, Rossiya Harbiy-dengiz floti hozirgi holati baholangan.
“Tafsilotlarga kirmagan holda aytişim mumkinki, bu kabi strategik rejalaştiriş hujjati Rossiya zamonaviy tarixida birinçi marta qabul qilinmoqda. Rossiya dunyoning eng yirik dengiz davlatlaridan biri sifatidagi mavqeini asta-sekin tiklamoqda”, deyiladi xabarda.