USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Suv balosi”: Nepal va Xitoydagi fojia qurbonlari 500 dan oşdi

62 марта
“Сув балоси”: Непал ва Хитойдаги фожиа қурбонлари 500 дан ошди

Nepal va Xitoyda muzlik qulaşi oqibatida yuzaga kelgan suv toşqinlarida kamida 552 kişi halok böldi, qariyb ming kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 26 avgust kuni muzlik qulaşi ortidan toğlardan katta hajmdagi toş, muz, loy va boşqa çiqindilar daryolarga oqib tuşgan. Bu Nepal va Xitoyning Tibet hududidagi qişloqlar, yöllar va köpriklarni vayron qilgan.

Şuningdek, suv töplanişi oqibatida hududda katta köl hosil bölgan. Bugun, 28 avgust kuni köldagi suv hajmi 2,5 mln kub metrga yetgan. Suvning Lxende Kxola daryosiga, undan esa Trişuli daryosiga oqib tuşişi qutqaruv işlarining taxminan uç soatga töxtatilişiga sabab bölgan.

Keyinçalik suv sathi atigi 0,6 metrga kötarilgani va köl yorilib ketişi xavfi boşqariladigan darajada ekani aniqlangan. Şundan söng qutqaruv işlari qayta tiklangan.

Malumotlarga köra, Nepalda 547 kişi, Xitoyning Tibet hududida esa 5 kişi halok bölgan. Ikki mamlakatda qariyb 1 ming kişi bedarak yöqolgan. Ularning kamida 540 nafari xorijiy fuqarolar bölib, köpçiligi Hindistondan Tibetdagi Kaylaş toği va Manasarovar köliga ziyoratga yöl olganlar hisoblanadi.

Tabiiy ofatdan 90 mingdan ortiq odam zarar körgan. Hududdagi yöllar va köpriklarning vayron bölişi sabab yordam yuklarini olib kelayotgan transport vositalari ham harakatlana olmay qolgan.

Xitoy Prezidenti Si Tszinpin qutqaruv işlarini kuçaytiriş, bedarak yöqolganlarni izlaş hamda muzlik köllari va köçki xavfini doimiy monitoring qiliş böyiça topşiriq bergan.

Şu bilan birga, Nepal hukumati xorijiy davlatlarning qidiruv-qutqaruv guruhlarini yuboriş böyiça takliflarini hozirça rad etgan. Malumotlarga köra, Hindiston, Xitoy, AQŞ, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Şri-Lanka va Bangladeş yordam taklif qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nepal va Xitoy çegarasida yuz bergan kuçli suv toşqinlari oqibatida kamida 472 kişi halok bölib, 1,5 mingdan ortiq odam bedarak yöqolgani, şuningdek, yöqolganlar orasida 30 dan ortiq davlat fuqarolari, jumladan, sayyohlar, işçilar va ziyoratçilar ham borligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: