Venesuela 65 mlrd barrel neftni qöş-qöllab AQŞga topşirdi
AQŞ va Venesuela “jahon tarixidagi eng yirik neft bitimi”ni tuzdi. Bu haqda Amerika yetakçisi Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.
“AQŞ Venesuela bilan jahon tarixidagi eng yirik neft bitimi böyiça kelişuvga erişdi!” deb yozdi u.
AQŞ Prezidentining sözlariga köra, Vaşington Venesuelaning 65 milliard barrel neftidan “heç qanday xarajatlarsiz” foydalaniş imkoniyatiga ega böladi. Bu Amerika neft zaxiralarini ikki baravardan köproqqa oşiriş, yetkazib berişni kengaytiriş va uzoq muddatli istiqbolda AQŞ fuqarolari uçun benzin narxini sezilarli darajada pasaytiriş imkonini beradi.
Trampning aniqlik kiritişiça, kelişuvga Davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Xegset va Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti Delsi Rodriges örtasida erişilgan. Amerika yetakçisi uşbu bitim Venesuelaga “muvaffaqiyat va farovonlik” sari harakat qilişga yordam berişiga işonç bildirgan.
Bungaça Qöşma Ştatlar Energetika vaziri örinbosari Kayl Xaustvey Venesuelada qazib olinadigan neftning yarmiga yaqini AQŞga eksport qilinayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, Lotin Amerikasi mamlakatida kuniga taxminan 1,25 million barrel neft qazib olinmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Venesuela AQŞ bilan yirik neft konlarini 100 yilgaça ijaraga beriş böyiça muzokara olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.