Tramp Venesuela prezidenti bölmoqçiligini aytdi.
7-04-2026, 14:30
58 марта

Tramp Venesuela prezidenti bölmoqçiligini aytdi.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan boğliq mojaro tugagaç, ispan tilini örganib, Venesuela prezidenti lavozimi uçun kuraşib körişini malum qildi. Bu haqda u C-Span tomonidan elon qilingan matbuot anjumanida aytib ötgan.“Buni tugatganimdan keyin Venesuelaga borişim mumkin. Men tezda ispan tilini örganaman. Men Venesuelaga boraman. Prezidentlikka nomzod bölaman”, degan Oq uy yetakçisi.Uning takidlaşiça, özining noyob qobiliyatlari tufayli u uçun ispan tilini örganiş köp vaqt olmaydi.
Vaşington va Venesuelaning yangi hukumati
Joriy yil boşida AQŞ Venesuelada harbiy operatsiya ötkazdi. Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro 3 yanvar kuni Karakasda Amerika maxsus kuçlari tomonidan qölga olindi va AQŞga olib ketildi. Şundan söng, prezident vazifasini ilgari vitse-prezident lavozimida işlagan Delsi Rodriges bajara boşladi. U Vaşington bosimi ostida siyosiy mahbuslarni qamoqxonalardan ozod qilişga kirişdi. Rodriges, şuningdek, foydali qazilmalar töğrisidagi qonunlarni özgartirib, Venesuelaning neft sektorini xorijiy investitsiyalar uçun oçib berdi. 24 fevral kuni Tramp AQŞ özining “yangi dösti va hamkori” Venesueladan taxminan 89 million barrel neft olganini elon qildi.