AQŞ Kiyevga hisob beryaptimi?
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ tomoni sönggi kunlarda Moskvada bölib ötgan bir qator uçraşuvlar haqida Kiyevga malumot berganini malum qildi. Bu haqda u keça, 28 avgust kuni Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Bugun Amerika tomoni bizga şu kunlarda Moskvada bölib ötgan uçraşuvlar haqida malumot berdi. U yerda bir qator uçraşuvlar bölib ötgan. Uçraşuvlardan oldin biz gaplaşdik va endi yana Amerika tomoni bilan gaplaşdik”, degan Zelenskiy.
Uning takidlaşiça, Ukraina AQŞning Rossiya bilan muloqotdagi “zarur ohang”ini hamda keyingi qadamlarni muvofiqlaştirişga urinayotganini qadrlaydi.
“Malumot va Rossiya bilan suhbatning zarur ohangi uçun taşakkur. Biz qadamlarning uyğunligini va Amerika nima qiliş kerakligi hamda nimaga erişiş kerakligi haqida realistik tasavvurni ilgari surayotganini qadrlaymiz”, degan Ukraina Prezidenti.
Şuningdek, Zelenskiy Rossiya uruşni tugatişi kerakligini va buning uçun barça zarur şaroitlar yaratilişi lozimligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 25 avgust kuni AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff Rossiya poytaxti Moskvaga elon qilinmagan muzokaralar uçun borgan edi.
Şundan söng, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktorining Moskvaga taşrifi ikki mamlakat maxsus xizmatlari örtasidagi aloqalar bilan boğliq bölganini malum qilgandi. Şuningdek, Rossiya Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin ham Jon Retkliff bilan Moskvada uçraşganini tasdiqlagandi.
Keça, 28 avgust kuni esa AQŞ Prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliffni Moskvaga maxfiy safarga şaxsan özi yuborgani malum böldi.