“Hammasiga Rossiya aybdor”. Zelenskiy Trampga javob qaytardi
17-01-2026, 10:25
85 марта

“Hammasiga Rossiya aybdor”. Zelenskiy Trampga javob qaytardi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ Prezidenti Donald Trampning Ukraina Rossiyaga qaraganda tinçlikka kamroq intilayotgani haqidagi sözlariga qöşilmasligini bildirdi. Uning fikriça, Rossiyaning davom etayotgan zarbalari Moskva kelişuvlarga umuman qiziqmayotganini körsatadi. Bu haqda Zelenskiy 15 yanvar kuni NATO Boş kotibi Mark Ryutte bilan telefon orqali suhbatidan söng elon qilgan videomurojaatida aytib ötgan.“Biz Amerika bilan olib borilayotgan diplomatik işlar haqida ham gaplaşdik. Ukraina heç qaçon tinçlikka tösqinlik qilmagan va bundan keyin ham tösqinlik qilmaydi”, degan Zelenskiy Trampning sözlariga işora qilib.Şuningdek, Ukraina yetakçisi hammasiga Rossiya aybdor ekani, uni deb ukrain xalqi azob çekayotganini ham qöşimça qilgan.
“Rossiya raketalari, Moskvaning Ukrainani yöq qilişga urinişlari Rossiyaga umuman kelişuvlar kerak emasligining aniq dalilidir. Rossiya tufayli ukrainaliklar 20-30 soat davomida elektr energiyasidan mahrum bölmoqda va Rossiya hujumlari bizning energetika sektorimizni buzmoqda. Şundan kelib çiqadiki, bosimga Ukraina emas aynan Rossiya muhtoj. Men bu borada Ukrainani qöllab-quvvatlagan barçaga minnatdorlik bildiraman”, deya qöşimça qilgan Zelenskiy.