Rossiya uruş uçun Indoneziya fuqarolarini yollamoqda – Ukraina razvedkasi
Ukraina razvedkasi Rossiya Ukraina bilan uruşda qatnaşiş uçun Indoneziya fuqarolarini yollaşga urinayotganini tasdiqladi. Bu haqda Ukraina Taşqi razvedka xizmati Telegram-kanalida xabar qildi.
“Ukraina Taşqi razvedka xizmati Rossiya bosqinçi armiyasi safiga jalb qilingan kamida sakkiz nafar Indoneziya fuqarosiga oid hujjatlarni qölga kiritdi”, deyiladi xabarda.
Razvedka malumotlariga köra, Rossiya xorijliklarni avvaldan şakllangan sxema asosida yollamoqda. Ularga yuqori miqdorda tölovlar, jangovar bölmagan lavozimlar, Rossiya fuqaroligini tezlaştirilgan tartibda oliş imkoniyati va turli ijtimoiy imtiyozlar taklif qilinmoqda.
Ukraina razvedkasi Rossiya bundan avval ham Nepal, Kuba, Keniya va Hindiston fuqarolarini şu yöl bilan yollaganini malum qilgan.
Taşqi razvedka xizmatining takidlaşiça, mazkur davlatlarning aksariyat fuqarolari tegişli tayyorgarliksiz frontga yuborilgan. Ularning ayrimlari dastlabki bir neça hafta içida halok bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi har oylik yöqotişlari yangi yollanganlar sonidan taxminan 6 ming kişiga köproqni taşkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.