Misr qiroliçasining 673 ta olmosli marjoni öğirlab ketildi
Avstriyaning Vena şahridagi Amaliy sanat muzeyidan Misrning sobiq qiroliçasi Nazli Sabriga tegişli bölgan 673 ta olmos bilan bezatilgan marjon öğirlandi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 27 avgust kuni muzey iş vaqtida sodir bölgan. Malumotlarga köra, ikki erkak körgazmaga oddiy taşrif buyuruvçilar kabi kirgan. Ular bolğa yordamida zargarlik buyumi saqlangan şişa vitrinani sindirib, marjonni olib qoçgan. Hodisa vaqtida muzeyda boşqa taşrif buyuruvçilar ham bölgan, biroq heç kim jabrlanmagan.
.png)
200 karatli platina marjon 1939 yilda Misr qiroliçasi Nazli uçun tayyorlangan. U marjonni qizi, malika Favziyaning Eron valiahd şahzodasi Muhammad Rizo Pahlaviy bilan töyida taqqan. Mazkur zargarlik buyumi 2015 yilda Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auktsionida 4,3 mln dollarga sotilgan.
(6).png)
Avstriya politsiyasi gumondorlarning xavfsizlik kameralariga tuşgan suratlarini elon qilgan. Ularni qidiriş işlari davom etmoqda. Marjon namoyiş etilgan körgazma esa vaqtinça yopilgan.
.png)
Malumot uçun, Nazli Sabri 1894 yilda Iskandariyada tuğilgan. U 1919 yilda Misr qiroli Fuad I ga turmuşga çiqqan va 1922 yilda qiroliça maqomini olgan. Ularning beş nafar farzandi bölgan, öğli Faruq keyinçalik Misr qiroli bölgan. Nazli 1952 yilgi Misr inqilobidan söng mamlakatni tark etgan va 1978 yilda Los-Anjelesda vafot etgan.
.png)
Eslatib ötamiz, avvalroq nomalum şaxslar Ispaniyaning Vilena şahridagi MUVI muzeyini tönab ketgandi. Ular yoşi 3000 yildan ortiq deb baholanuvçi bronza davriga oid oltin taqinçoqlar – “Vilena xazinalari”ni öğirlagan.