Kiyevga berilgan zarba oqibatida halok bölganlar soni 37 nafarga yetdi
Rossiya dronlari Kiyev viloyatidagi öq-dori omboriga zarba berişi ortidan kuçli portlaş yuz berib, kamida 37 kişi halok böldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy malum qildi.
Zelenskiyning aytişiça, Rossiyaning dron hujumi keça, 29 avgust kuni keçqurun Kiyev viloyatidagi Mila qişloği yaqinida joylaşgan harbiy obektda kuçli portlaşga sabab bölgan. Hodisa oqibatida önlab kişi jarohatlangan, yuzlab aholi evakuatsiya qilingan.
Portlaşdan söng hududda keng kölamli yonğinlar yuzaga kelgan. Halok bölganlar orasida portlaşdan keyin odamlarga yordam berişga şoşilgan qöşni qişloq rahbari ham bor.
“Odamlar yonida portlovçi moddalarni saqlaganlarning dahşatli beparvoligi”, degan Zelenskiy.
Uning sözlariga köra, zarba berilgan obektda artilleriya snaryadlari, minalar, dronlar va boşqa öq-dorilar saqlangan.
Bu Kiyev viloyatida sönggi ikki oy içida Rossiya zarbalari ortidan yuz bergan ikkinçi yirik portlaş böldi. Iyul oyida Vişnyovo şahridagi şunga öxşaş hodisada 10 kişi halok bölgan, yuzlab uylar zararlangan edi.
“Vişnyovodagi voqeadan keyin yana şunday jinoyat sodir bölişi mutlaqo qabul qilib bölmaydi. Tafsilotlar jamoatçilikka zudlik bilan taqdim etilişini kutyapman”, degan Zelenskiy.
Ukraina Prezidenti harbiy obektdagi ehtimoliy beparvolik böyiça jinoiy işlar oçilganini malum qilgan. Ukraina Mudofaa vazirligi esa öq-dorilarni saqlaş uçun masul barça şaxslar obektlarni töliq tekşiruvdan ötkazişi kerakligini bildirgan.
Zelenskiyning takidlaşiça, Rossiya bir keçaning özida Ukrainaning yana 9 ta viloyatiga zarba bergan. Kiyev esa reaktiv dronlar iştirokida deyarli uzluksiz hujumlar ostida qolgan.
Kiyev viloyati gubernatori Timur Tkaçenkoning malum qilişiça, ertalab Borispol tumaniga qilingan dron hujumida 14 yoşli qiz halok bölgan. Kiyev meri Vitaliy Kliçko esa şaharda urib tuşirilgan dron oqibatida 2 yoşli qiz vafot etganini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Ukrainaning Kiyev viloyati Buça tumaniga hujum uyuştirişi oqibatida 27 kişi halok bölib, 42 kişi jarohatlangani xabar qilingandi.