USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Ukrainadagi bozorga zarba berdi. 5 kişi halok böldi

142 марта
Rossiya Ukrainadagi bozorga zarba berdi. 5 kişi halok böldi

Bugun, 4 aprel kuni Rossiya qöşinlari Dnepropetrovsk viloyatidagi Nikopol şahriga zarba berdi. Oqibatda beş kişi halok böldi, yana 19 kişi yaralandi. Bu haqda Dnepropetrovsk viloyati harbiy mamuriyati rahbari Aleksandr Ganja özining Telegram-kanalida malum qildi. 
“Duşman FPV-dronlari bilan zarba berdi. Yonğin kelib çiqdi. Savdo pavilonlari va dökon vayron böldi. Beş kişi – 3 ayol va 2 erkak halok böldi”, deb yozdi u. 
Uning bildirişiça, yaralanganlar orasida 14 yoşli qiz ham bor, u oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan.
4 aprelga ötar keçasi Rossiya Sumi şahriga ham zarba bergan: dron şahar markazidagi 16 qavatli turarjoy binosining 13-qavatiga urilgan. Oqibatda 11 kişi, şu jumladan bir bola jarohatlangan.

Şuningdek, keça, 3 aprel kuni Kiyev viloyatida Rossiya droni veterinariya klinikasiga tuşgan. Oqibatda 20 ga yaqin hayvon nobud böldi.

Qayd etiş joiz, Rossiya muntazam ravişda Ukrainaning fuqarolik obektlariga zarbalar bermoqda. 28 martga ötar keçasi Odessada dronlarning ommaviy hujumi oqibatida turarjoy binolari va tuğruqxona zarar kördi, ikki kişi halok böldi, bir bola bilan birga 11 kişi yaralandi. 14 martga ötar keçasi esa Kiyev va viloyatga berilgan zarba tört kişining hayotiga zomin böldi, mintaqaning yana 15 nafar aholisi jabrlandi.

Изоҳ қолдириш

    • Расул 4 Aprel 2026 19:49
      Факт Россия Украина бозорларига зарба Бериб турибми .Украина жавоб бермаятими .

Мавзуга алоқадор: