Rossiya Xarkovga zarba berdi. 7 kişi halok böldi
8-03-2026, 06:16
118 марта

Rossiya Xarkovga zarba berdi. 7 kişi halok böldi
Rossiya armiyasi bugun, 7 martga ötar keçasi 480 ta dron va 29 ta raketa bilan Ukraina şaharlariga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Havo kuçlari xabar berdi.Xarkov viloyati harbiy mamuriyati rahbari Oleg Sinegubovning malum qilişiça, Xarkovning Kiyev tumanidagi beş qavatli turarjoy binosi raketa zarbasiga uçragan – oqibatda podezdlardan biri butunlay vayron bölgan. Uning malumotlariga köra, yetti kişi halok bölgan, ular orasida ikki nafar bola (9 yoşli öğil va 13 yoşli qiz) hamda 65 yoşli ayol bor. Kamida 10 kişi jarohatlangan, vayronalarni tozalaş işlari davom etmoqda. Ukraina Boş prokuraturasi Rossiya Xarkovga havo orqali uçiriladigan yangi “Izdeliye 30” qanotli raketasi bilan zarba bergan bölişi mumkinligini aytmoqda. Avvalroq Rossiya resurslari bu raketa X-35U kemaga qarşi raketasi asosida, ölçamlarini kattalaştirgan holda yaratilgani haqida yozgan.
Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati xabariga köra, beş qavatli uyga raketa tegişi ortidan 300 kvadrat metr maydonda yonğin çiqqan. Bundan taşqari, şahardagi yettita köp qavatli uy, avtomobillar, litsey va boşqa obektlarga şikast yetgan. Sinegubovning qöşimça qilişiça, Volçansk tumanining Zemlyanki qişloğida yana bir keksa erkak halok bölgan. Viloyat böyiça tungi öqqa tutişlar oqibatida jami 13 kişi, jumladan, uç nafar voyaga yetmagan bola jabrlangan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy RF Qurolli kuçlari kombinatsiyalaşgan hujum davomida Kiyev, Xmelnitskiy va Çernovtsi viloyatlaridagi energiya obektlariga, Jitomir viloyatidagi temiryölga ham hujum qilganini bildirgan. Şuningdek, Dnepr, Zaporoje, Vinnitsa, Odessa, Poltava, Sumi va Çerkassi viloyatlarida ham vayronagarçiliklar qayd etilgan.
Boş prokuratura malumotlariga köra, Dnepropetrovsk viloyatining Nikopol tumanida artilleriya öqlari oqibatida bir erkak halok bölgan va bir ayol yaralangan. Korxona, 20 ta köp qavatli va xususiy uylar hamda xöjalik inşootlari zarar körgan. Çuguyev meri Galina Minayeva şahar markazidagi xususiy uyga berilgan zarba va kelib çiqqan yonğin oqibatida ikki kişi jabrlanganini malum qildi.
“Rossiya Ukrainaning turarjoy va kritik infratuzilmasini yöq qilişga urinişni töxtatmadi, demak [şeriklardan] yordam davom etişi kerak. PURL dasturi kamida hozirgidek faol işlaşi lozim. Odamlarimiz uçun köproq himoyani kafolatlaş maqsadida Yevropa Ittifoqi bilan faol hamkorlikka umid qilamiz”, deb yozdi Zelenskiy.