USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirğin ostidagi “Love story”. Ukrainada juftlik front yaqinida turmuş qurdi (fotoreportaj)

84 марта
Қирғин остидаги “Love story”. Украинада жуфтлик фронт яқинида турмуш қурди (фоторепортаж)

Ukrainaning Rossiya bilan uruşdagi front çiziği yaqinlaşib kelayotgan Kramatorsk şahrida 35 yoşli Tetyana va Aleksandr nikohdan ötdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Ukrainaning Mustaqillik kuni – mamlakat mustaqilligining 35 yilligi nişonlangan 29 avgustda juftlik şahar markazidagi Tinçlik maydonida töy marosimini ötkazgan. Marosim havo hujumlari va dronlar xavfi yuqori bölgan şaroitda, dronlarga qarşi himoya törlari ostida bölib ötdi.

Kramatorsk töydan 3 kun oldin rasman jangovar hudud tarkibiga kiritilgan. Rossiya qöşinlari Donetsk viloyatida Ukraina nazoratida qolgan hududlarga yaqinlaşar ekan, şahar tobora köproq hujumlarga duç kelmoqda. Naşr malumotiga köra, nikohdan oldingi bir neça kun içida şaharda 51 ta öqqa tutiş holati qayd etilgan va 6 kişi halok bölgan.

Şaharda köplab binolar zararlangan, derazalar örnini faneralar egallagan, odamlar va oçiq bizneslar soni keskin kamaygan. Köçalarning ayrim qismlari dronlarga qarşi törlar bilan yopilgan, şahar atrofida esa tanklarga qarşi beton tösiqlar örnatilgan.

Şunga qaramay, Tetyana va Aleksandr nikohni aynan Kramatorskda ötkazişga qaror qilgan. Aleksandrning aytişiça, bu qaror şahar va Donetsk viloyati xotirasini saqlab qoliş istagi bilan boğliq. Uning takidlaşiça, uruşda bir neça yil avval borgan köplab şahar va qişloqlar hozir vayronalarga aylangan.

Aleksandr Mariupol şahrida tuğilgan bölib, şahar uruşning dastlabki bosqiçida uzoq davom etgan qamaldan söng Rossiya nazoratiga ötgan. Tetyana esa bolaligida har yili yozni hozir Rossiya bosib olgan Donetsk hududidagi buvisining uyida ötkazgan.

Malum qilinişiça, Tetyana frontda köngilli harbiy tibbiyot xodimi sifatida işlaydi. U Kramatorskda xizmat qilgan, ammo töydan bir neça kun oldin uning tibbiy evakuatsiya guruhi Kiyevga qayta jönatilgan. Şunga qaramay, u marosimda iştirok etiş uçun şarqiy Ukrainaga qaytib kelgan.

Juftlik şu yil fevral oyida tanişgan. Tetyana Aleksandrga internet orqali murojaat qilib, unga tibbiy yordam körsatişni taklif qilgan. Ularning ikkalasi ham uruş şaroitida yaşagan va işlagani ular örtasidagi munosabatni yanada yaqinlaştirgan.

Nikoh marosimi onlayn tarzda ötkazilgan. Ukraina 2024 yilda uruş tufayli jismonan bir joyda böla olmaydigan juftliklar uçun onlayn nikoh xizmatini joriy qilgan. Mamlakat Adliya vazirligi malumotlariga köra, yilning birinçi yarmida nikohlarning 38 foizi onlayn tarzda qayd etilgan.

Bildirilişiça, nikoh uzuklari taqilib, qasamyodlar aytilgan va juftlik bir-birini öpgan. Marosimdan keyin ular yaqin atrofdagi kam sonli oçiq muassasalardan biri bölgan qahvaxonaga borib, töy tortini tanovul qilgan.

Qayd etilişiça, töy paytida şahar ustida dron paydo bölgani haqida xabar berilgani sababli qisqa muddat xavotirli vaziyat yuzaga kelgan. Biroq juftlik marosimni davom ettirgan.

Tetyana uruş davrida oila qurişni kelajakka umid bilan boğlagan. Uning aytişiça, Rossiya Ukrainada qörquv va tuşkunlik muhitini yaratişga harakat qilayotgan bir paytda yangi va gözal narsa barpo etiş, bir-biriga ğamxörlik qiliş va seviş muhim.

Tetyana va Aleksandrning yoşi ham Ukraina mustaqilligi yoşiga teng – ikkalasi ham 35 yoşda. Ular mamlakatdagi dahşatli va ertangi kunni mavhumlikka botirayotgan, qançadan-qança bolalar va tinç insonlarni boşini yeyayotgan uruşga qaramay, farzandli böliş va kelajak qurişni rejalaştirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: