USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tökayev barça yadroviy davlatlarni muzokaralarga çaqirdi

86 марта
Тўкаев барча ядровий давлатларни музокараларга чақирди

Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev yadroviy davlatlarni muzokaralar ötkazişga va yadroviy sinovlarni har tomonlama taqiqlaş töğrisidagi şartnomani tezroq kuçga kiritişga çaqirdi. Bu haqda Töqayevning BMT Boş Assambleyasi tomonidan Qozoğiston taşabbusi bilan tasis etilgan 29 avgust – Yadroviy sinovlarga qarşi xalqaro harakat kuni munosabati bilan yöllagan murojaatida söz boradi.

Qayd etilişiça, Qozoğiston rahbari murojaatnomasida 35 yil avval murakkab xalqaro vaziyatda Semipalatinsk yadroviy poligoni yopilganini takidlagan.

“Töliq 35 yil avval murakkab xalqaro vaziyatda Semipalatinsk yadroviy poligoni yopildi. Önlab yillar davomida u insonlar salomatligi va atrof-muhitga örnini töldirib bölmaydigan zarar yetkazib, xalqimiz taqdirida oğriqli iz qoldirdi”, degan Töqayev.

Prezidentning takidlaşiça, uşbu sana butun insoniyat uçun yadroviy sinovlarning fojiali oqibatlarini eslatib turadi hamda bunday sinovlarga kelgusida yöl qöymaslikka çaqiriq bölib xizmat qiladi.

Töqayev, şuningdek, Qozoğiston dunyodagi hajmi böyiça törtinçi yirik yadroviy arsenaldan ixtiyoriy ravişda voz keçganini ham qayd etgan.

“Sayyoradagi hajmi böyiça törtinçi yirik yadroviy arsenaldan ixtiyoriy ravişda voz keçib, Qozoğiston tinçlik, xavfsizlik va barqaror rivojlaniş yölini tanladi. Bu qaror qozoğistonliklarning orzu-intilişlarini amalga oşirdi va davlatimizning kelajak avlodlar taqdiri oldidagi masuliyatini namoyon etdi”, degan u.

Prezident mamlakat taşqi siyosatining asosiy tamoyillaridan biri barça davlatlar bilan tinçlik va döstlikka intiliş ekanini takidlagan. Uşbu tamoyil Qozoğistonning yangi konstitutsiyasi muqaddimasida ham mustahkamlangan.

“Mamlakatimizning dunyodagi antiyadroviy harakat yetakçilaridan biri sifatidagi pozitsiyasi özgarmas: biz yadroviy davlatlar örtasida muzokaralar ötkazişga, Yadroviy sinovlarni har tomonlama taqiqlaş töğrisidagi şartnomaning tezroq kuçga kirişiga hamda yadroviy quroldan foydalaniş tahdidini bartaraf etiş maqsadida qatiy köp tomonlama çoralar körişga çaqirmoqdamiz”, degan Töqayev.

Qozoğiston rahbari atom energiyasi faqat bunyodkorlik maqsadlariga xizmat qilişi kerakligini alohida takidlagan. Uning aytişiça, umummilliy referendumda Qozoğiston xalqi yadroviy energetikani rivojlantiriş kursini qatiy qöllab-quvvatlagan.

Malum qilinişiça, Töqayev bu qaror mamlakatning iqtisodiy, ilmiy va texnologik taraqqiyoti uçun önlab yillarga möljallangan mustahkam poydevor yaratganini bildirgan.

Prezidentning qayd etişiça, mazkur strategik tanlov Qozoğistonning barqaror rivojlanişida yangi bosqiçni boşlaşga qaratilgan islohotlarning muhim qismi hisoblanadi. Jamiyat hayotining barça sohalarida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar “Adolatli, taraqqiy etgan va toza Qozoğiston”ni barpo etişga qaratilgan.

“Işonçim komil, biz birgalikda bu yuksak maqsadga erişamiz”, deya xulosa qilgan Töqayev.

Malumot uçun, Semipalatinsk yadroviy poligoni (hozirgi Abay viloyati, Qozoğiston) – Sovet Ittifoqining eng yirik yadroviy sinov maydonlaridan biri bölib, 1949-1989 yillarda faoliyat yuritgan. Uning umumiy maydoni 18 500 kvadrat kilometrdan ortiq bölib, 40 yil davomida bu yerda 456 ta yadroviy portlaş sodir etilgan. 

Radiatsiya oqibatida 1,5 milliondan ortiq inson jabr körgan. Mahalliy aholi orasida saraton (onkologiya), tuğma nogironlik, genetik mutatsiyalar va ruhiy kasalliklar darajasi keskin ortib ketgan. Şuningdek, portlaşlar oqibatida radioaktiv moddalar (plutoniy, strontsiy, tseziy) tuproq, suv va havoga tarqalib, ulkan hududlarni zaharlagan. 

Xalqning kuçli noroziligi va “Nevada – Semipalatinsk” harakati sababli poligon 1991 yil 29 avgustda rasman yopilgan. Bugungi kunda uşbu sana butun dunyoda Yadroviy sinovlarga qarşi xalqaro kuraş kuni sifatida nişonlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Xavfsizlik kengaşi apparatining maqomini özgartiruvçi farmonni imzolagandi. Unga köra, endilikda Xavfsizlik kengaşi apparati bevosita davlat rahbariga böysunadigan va unga hisobdor bölgan alohida davlat organi sifatida faoliyat yuritadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: