Tramp darhol yadroviy qurol sinovlarini boşlaşni buyurdi
30-10-2025, 11:19
301 марта

Tramp darhol yadroviy qurol sinovlarini boşlaşni buyurdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Mudofaa vazirligiga darhol yadroviy sinovlarni boşlaşni buyurdi. Bu haqda Oq uy rahbari özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.Öz postida Tramp Pentagonga buyruq berib, bu sinovlarni darhol boşlaşni talab qilgan. Amerika rahbarining sözlariga köra, AQŞ boşqa yadroviy kuçlar bilan “teng asosda” harakat qiladi.
Tramp şuningdek, Qöşma Ştatlar “boşqa har qanday davlatga qaraganda köproq yadroviy qurolga ega” ekanini takidlagan.
“Qöşma Ştatlar boşqa har qanday davlatga qaraganda köproq yadroviy qurolga ega. Bunga, jumladan, mavjud qurollarni töliq yangilaş işlariga mening birinçi prezidentlik muddatim davomida erişildi. Juda katta vayronkor kuç tufayli men buni qilişdan nafratlandim, lekin boşqa çoram yöq edi! Rossiya ikkinçi, Xitoy esa uçinçi örinda, lekin hatto 5 yil içida ham şunday böladi. Boşqa mamlakatlar dasturlarni sinovdan ötkazayotgani sababli, men Mudofaa vazirligiga yadroviy qurollarimizni teng asosda sinovdan ötkazişni boşlaşni buyurdim. Bu jarayon darhol boşlanadi”, deya yozgan Oq uy rahbari.AQŞ yetakçisining bu qarori Vladimir Putinning “Burevestnik” raketasini sinovdan ötkaziş haqidagi bayonotlari fonida qabul qilindi.
Qöşma Ştatlar 1992 yildan beri bir tomonlama moratoriyga amal qilib, yadroviy sinovlar ötkazmagan. Uşbu moratoriy "Sovuq uruş" davrida faol işlatilgan yadroviy sinov maydonçalarida keng kölamli yer osti portlaşlarini töxtatişni anglatadi. 1996 yilda Qöşma Ştatlar “Yadroviy sinovlarni keng qamrovli taqiqlaş töğrisida”gi şartnomani imzoladi, ammo hujjat Kongress tomonidan heç qaçon ratifikatsiya qilinmadi, bu esa Vaşington uçun qonuniy majburiy emasligini körsatdi. Şunga qaramay, Amerika rasmiylari amalda moratoriyni saqlab qoldi va faqat kompyuter modellaştiriş va yadroviy portlaşlarsiz subkritik sinovlarni ötkazdi.